Get Mystery Box with random crypto!

“mGovAward” tanlovining boshlanishi! 11 dekabr soat 11:00da | IT Park Jizzax

“mGovAward” tanlovining boshlanishi!

11 dekabr soat 11:00da mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi “mGovAward” respublika tanlovining ikkinchi to‘lqinining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tanlov haqida:
“MGovAward”
davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish tanlovi bo‘lib, unda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, maktab o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, BAA Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligidir.

Ishtirok etishni va qimmatbaho pul mukofotlari uchun bellashmoqchimisiz?
Unda onlayn tarzda o‘tkaziladigan tanlovning rasmiy ochilish marosimiga biz bilan qo‘shiling: https://clck.ru/ZDtA9

Sana va vaqt: 11 dekabr kuni 11:00da

Batafsil ma’lumot: https://clck.ru/ZDr5L