Get Mystery Box with random crypto!

IT Park Buxoro filiali xodimlari Buxoro tuman yoshlari bilan u | IT Park Bukhara

IT Park Buxoro filiali xodimlari Buxoro tuman yoshlari bilan uchrashishdi.
Hozirgi kunda, zamonaviy axborot texnologiyalari insoniyat hayotidagi ahamiyati, mazkur yoʻnalish hozirgi kunda yuqori daromadli kasbga aylangani hamda uyda turib, masofaviy xizmatlarni koʻrsatgan holda, oʻz oilasi hamda yaqinlariga moddiy yordam berish imkoniyati mavjudligi boʻyicha IT Park Buxoro filiali xodimlari tomonidan yoshlarga tavsiya berildi.
Bundan tashqari, viloyatdagi IT oʻquv markazlarida tashkil etilgan
Kompyuter savodhonligi
Veb-dasturlash
Mobil ilovalarni yaratish
Veb-dizayn,
Grafik dizayn
Robototexnika
IT-English
Oʻquv kurslari hamda oliy taʼlimga oʻqishga kirish istagida boʻlgan yoshlarga IT Park universiteti haqida taqdimot shaklida maʼlumot berildi.
Uchrashuv yakunida, yoshlar bilan savol-javob tashkil etildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savolllariga IT Park Buxoro filiali mutaxassislari tomonidan javob olishdi.