Get Mystery Box with random crypto!

Amerika startapi Astroforge asteroidlardan mineral qazib olish | IT-MAVZU

Amerika startapi Astroforge asteroidlardan mineral qazib olish va ularni Yerga yetkazishni o‘zlashtirgan birinchi kompaniya bo‘lishni rejalashtirmoqda

Startap o'z loyihasini ishlab chiqish uchun allaqachon 13 million dollarlik investitsiya oldi.

Startap asoschilari, sobiq SpaceX, NASA va Virgin Orbit muhandislari Mett Gialich va Xose Acaindir. Ular kosmosda materiallarni qayta ishlash uchun printsipial jihatdan yangi texnologiyani ishlab chiqdilar, ammo aniq tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Hozirda ma'lum bo'lgan narsa shundaki, bu texnologiya yuqori vakuumni talab qiladi va faqat nol tortishish sharoitida ishlaydi. Astroforge uni 2023-yildayoq Yerning past orbitasida namoyish qilishni va shu o‘n yillik oxirigacha koinotdan minerallar yetkazib berishni tashkil qilishni va’da qilmoqda.

@ITmavzu