Get Mystery Box with random crypto!

AQSh harbiylari 1,6 kVt elektroenergiyani simsiz 1 kilometr ma | IT-MAVZU

AQSh harbiylari 1,6 kVt elektroenergiyani simsiz 1 kilometr masofaga uzatishga muvaffaq bo'lishdi

AQSh Harbiy-dengiz tadqiqot laboratoriyasi (NRL) bir kilometr masofada simsiz quvvat uzatish bo‘yicha ikkita tajriba o‘tkazdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu so'nggi 50 yildagi eng katta tajriba bo'ldi: mikroto'lqinli nurlanish yordamida havo orqali 1,6 kVt elektr quvvati uzatildi.

Olimlarning ta'kidlashicha, kelajakda bunday qurilmalar yerdagi obyektlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun Yer orbitasidagi kosmik elektr stantsiyalarida paydo bo'lishi mumkin.

Shunchaki ma'lumot uchun: hozirgi biz bilgan Internet global tarmog'i aynan AQSh harbiylarining 1970-yillarda o'tkazgan tadqiqotlari natijasi hisoblanadi.

@ITMavzu