Get Mystery Box with random crypto!

AQSh uyali aloqa operatorlari 3G tarmoqlaridan voz kechishni b | IT-MAVZU

AQSh uyali aloqa operatorlari 3G tarmoqlaridan voz kechishni boshladilar — ulardan hech kim foydalanmayapti

Qo'shma Shtatlarda uchinchi avlod (3G) aloqalari paydo bo'lganidan 20 yil o'tib, mamlakat ushbu mobil aloqa standartidan rasman voz kechishni boshlaydi. AT&T operatori allaqachon 3G tarmoqlarni o'chirib qo'ygan va boshqa uyali aloqa operatorlari ham yil oxirigacha eski tarmoqdan qutulishlari kutilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar AQSh Federal Aloqa Komissiyasining (FCC) 4G va 5G ehtiyojlari uchun foydalanishda 2G va 3G aloqalari egallagan chastotalarni bo'shatish rejasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 99% trafik 4G va 5G tarmoqlari orqali oʻtadi. FCC ma'lumotlariga ko'ra, 3G texnologiyasi 2001 yildan beri joriy qilingan va allaqachon eskirgan. Biroq, hali ham bir qator uyali telefonlar, shuningdek, signalizatsiya tizimlari, tibbiy asbob-uskunalar va boshqa masofadan boshqariladigan qurilmalar ushbu chastotada ishlamoqda.

@ITMavzu