Get Mystery Box with random crypto!

Tesla o'z avtomobillarida harakat davomida o'yin o'ynashga rux | IT-MAVZU

Tesla o'z avtomobillarida harakat davomida o'yin o'ynashga ruxsat bergani uchun tanqidga uchradi

Kompaniyani «odamlarning hayoti bilan o'ynashni» bas qilishga chaqirishdi.

AQSh Transport departamenti (NHTSA) qoshidagi milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tesla elektromobillarida haydovchi va yo'lovchilar uchun o'yin o'ynash imkonini beruvchi yangilanish ustidan tekshiruv boshlaganini e'lon qildi.

O'yin boshlangach, Tesla faqatgina yo'lovchi o'yinni o'ynashi mumkinligi haqida ogohlantiradi, ammo haydovchi o'ynashiga ham hech qanday sun'iy to'siq yo'q.

Gizmodo nashrining fikricha, bu funksiyani Tesla o'zining to'liq avtonom, o'zi boshqariladigan elektrokarlar rejasiga muvofiq qo'shgan. Biroq, jurnalistlarning ta'kidlashicha, hozircha uning elektromobillari bunga "yaqin ham emas".

@ITMavzu