Get Mystery Box with random crypto!

IT'ga doir!

Telegram kanalining logotibi itgadoir — IT'ga doir! I
Telegram kanalining logotibi itgadoir — IT'ga doir!
Kanal manzili: @itgadoir
Toifalar: Biznes , Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.69K
Kanalning ta’rifi

Zamon talabi IT va bizning kanalda ham barcha postlar @ITgaDoir!
🤝 Reklama: @aktses
by BestGroup, 16.11.2021

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-05 22:35:18 IT'ga doir! pinned «ITgaDoir 2.0 version uploading soon Kanalimiz katta oʻzgarish yoqasida turibdi. Endilikda kanalni tajribali admin hamda dasturchi @akobir_abduganiev tomonidan boshqariladi va sarmoya kiritiladi. Kanalga kiritilishi kutilayatgan oʻzgartirishlar va kanalning…»
19:35
Ochish/sharhlash
2022-07-05 22:34:19 ITgaDoir 2.0 version uploading soon


Kanalimiz katta oʻzgarish yoqasida turibdi. Endilikda kanalni tajribali admin hamda dasturchi @akobir_abduganiev
tomonidan boshqariladi va sarmoya kiritiladi.

Kanalga kiritilishi kutilayatgan oʻzgartirishlar va kanalning yangi maqsadlari:

• IT ga doir kanaliga endilikda bachkana postlar ya'ni juda sodda postlar tashlanmaydi.
#it_humor kabi hashtag ostida chiquvchi oddiy postlar endilikda tashlanmaydi.

• Kanal oʻzbek telegramida Texnologiya yoʻnalishidagi kanallar orasida top oʻrinlarga chiqish strategiyasi tuzib chiqiladi.

• IT ga oid professional postlar qilinadi, shu jumladan postlar odatiy holatda 2 kunda bitta post kanalga joylanishi kutilmoqda.

Ushbu oʻzgarishlardan asosiy maqsad obunachilarni oddiylik bilan zeriktirib qoʻymaslik va oʻzbek telegramida Texnologiya yoʻnalishidagi kanallar ichida avtoritet boʻlish.

P/s: Sizni oʻzgartirish kutilayotgan yangiliklar uchun fikringiz boʻlsa izohlarda kutib qolaman.

Bugundan boshlab haqiqatda - @ITgaDoir!
1.4K viewsAkobir Abduganiev, 19:34
Ochish/sharhlash
2022-06-28 08:19:53
#sayt #fikr

"Men qanday missiyani bajarish uchun tugʻilganman?" savoliga ushbu sayt yordamida javob topishingiz mumkin. Ushbu sayt – "fikrlar xaritasi" hisoblanib, shajaraviy koʻrinishdagi jadval tuzish uchun xizmat qiladi.

P.S.: Saytga kiring, kichik maqsadlaringizni, katta maqsadlaringizni va ularning barchasi qaysi oliy maqsadga yetaklashini tekshiring.

Manba: miro.com

@ITgaDoir
3.1K viewsShovqiddin Mahmudov, edited  05:19
Ochish/sharhlash
2022-06-27 06:27:38 NFT, Web 3.0, Crypto haqida

Iltimos, bu narsalar bilan yoshlarning boshini og'ritmang. Mayli, nimaligini o'rgating, lekin pul va vaqt sarflashga chorlamang.

Yoshlarga maslahatim, uzoq muddat daromad keltiradigan, riski kam va muhimi barqaror kasbni o'rganing. Farqi yo'q, novvoychilikmi, savdomi, dasturlashmi, dizaynerlikmi, marketingmi - bular hammasi sinalgan kasblar. Ish topasiz, ro'zg'or tebratasiz.

NFT, crypto deb jar solayotganlar o'zi ham bilmaydi bu narsalar nimani hisobiga o'sib, nimani hisobiga tushayotganini. Mashhur yulduzlarning tavsiyasiga ham uchmang, ular pulga istalgan narsani reklama qilib beradi. Mana, Amerikada yil boshida cryptoni reklama qilgan bir nechta yulduzlar hozir muhlislaridan qochib yuribdi. Sababi va'da qilgan daromadlari puch bo'lib chiqdi. Crypto bozori esa quladi.

Ertaga boy bo'lib, ortiqcha jamg'armangiz bo'lganida, balki qandaydur tushunarsiz narsalarga pul tikib qo'yarsiz, lekin hozircha maslahatim tayinli ish bilan shug'ullaning.

@sariqdev
2.5K viewsShovqiddin Mahmudov, 03:27
Ochish/sharhlash
2022-06-26 06:44:47
#iPhone

iPhone X iPhone 11 ga o'zgarishi.

Ogoh bo'ling!

@ITgaDoir
2.4K viewsShovqiddin Mahmudov, 03:44
Ochish/sharhlash
2022-06-22 08:41:27
Telegram Premium'ni ishlatish niyatingiz bormi?
Anonymous Poll
37%
Ha bor
30%
Yo'q
16%
Qimmat emasmi
16%
Shart emas
903 voters3.4K viewsShovqiddin Mahmudov, 05:41
Ochish/sharhlash
2022-06-21 20:11:19
Diqqat: Telegram News!

TOPga chiqayotgan messendjer foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganligi sharafiga Durov jamoasi "Telegram Premium" ta'rifini ishga tushirdi.

Ushbu ta'rif qanday qo'shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi?

Yuqoridagi rasmlar orqali bu haqida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin!

Telegram Premium'ga ulanish tartibi: Настройки > Telegram Premium

Imkoniyatlarni ko'rdik. Xo'sh, Premium narxi qancha deb o'ylaysiz?

Manba: Infoshop.Uz

@ITgaDoir
3.1K viewsShovqiddin Mahmudov, 17:11
Ochish/sharhlash
2022-06-21 14:23:00
#kuzatuv

2025 yilga kelib yahshi xodimda bo'lishi kerak bo'lgan eng yaxshi 15 ta ko'nikma

1. Analitik fikrlash va innovatsiya

2. Faol o'rganish va o'rganish strategiyalari

3. Murakkab masalalarni yechish

4. Tanqidiy fikrlash va tahlil qilish

5. Ijodkorlik, o'ziga xoslik va tashabbuskorlik

6. Liderlik va ijtimoiy ta’sir ko'rsata olish

7. Texnologiyadan foydalanish, monitoring va nazorat qilish

8. Texnologiyani loyihalash va dasturlash

9. Chidamlilik, stressga chidamlilik va moslashuvchanlik

10. Mulohaza yuritish, muammoni hal qilish va fikr yuritish

11. Hissiy intellekt

12. Muammolarni bartaraf etish va foydalanuvchi tajribasi

13. Xizmat ko'rsatishga "orientatsiya"

14. Tizimlarni tahlil qilish va baholash

15. Ishontirish va muzokaralar olib borish

Manba: WEF Future of Jobs 2020 yildagi hisoboti

Rasm manbasi: https://www.muchskills.com/blog/skills-employers-looking-for-till-2025

@ITgadoir
2.8K viewsShovqiddin Mahmudov, 11:23
Ochish/sharhlash
2022-06-19 09:57:46
Bilimingizni sinab ko'rishga nima deysiz?

Ushbu boshqotrimada umumiy IT'ga oid 6 ta terminlar joylangan. Siz uni maksimal 30 soniyada topishingiz kerak bo'ladi (vaqt ixtiyoriy).

Ko'rsatilgan vaqtdan kam muddatda topgan insonga shunchaki "BRAVOO" deymiz.

Qiziqarli fakt: Aqliy faoliyatni yaxshilash uchun boshqotirmalar, mantiqiy o'yinlar va shu kabi qiziqarli mashg'ulotlar inson miyasini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bunda siz butun diqqatingizni to'liq izlanishga va o'ylashga qaratib yangi g'oyalarni topishga harakat qilgan bo'lasiz.

Javoblaringizni kommentariyada yozib qoldiring!

@ITgaDoir
2.4K viewsShovqiddin Mahmudov, 06:57
Ochish/sharhlash
2022-06-17 15:43:25 Dasturchilarning 3 darajasi! Junior, Middle, Senior

Dasturlash sohasida ham mutaxassislarni ma'lum darajada aniqlash maqsadida 3 ta toifa joriy etilgan. Bu me'zon dasturchilarning sohasi mobaynida to'plagan tajribasiga qarab belgilanadi!

Bugun e'tiboringizga dasturchilarning darajalari haqida qisqacha tushuncha berib o'tmoqchimiz.

Demak boshladik:

Junior dasturchi: Bu daraja eng qiyin hisoblanadi. Chunki dasturchi uchun bu bosqichda xatolardan o’rganish talab etiladi. Xato qilish va qiyinchiliklar bilan uni tuzatish orqali olingan tajriba dasturchining o’rganadigan asosiy bilimi hisoblanadi. Juniorga beginnerdagi kabi kimdir bilimni ochiq o’rgatmaydi.

Middle dasturchi: Har qanday jamoada middle dasturchi eng ko’p ish qiladigan, eng kam olqish oladigan va keyingi darajaga juda katta tezlikda intilayotgan shaxs sifatida ko’riladi. Middle dasturchini kod ishlarida qora ishchi, yoki qul deb ta’riflasak ham bo’ladi. Chunki u oson va qiyin topshiriqlarni aralash bajaradi, oxirgi tayyor mahsulotga uning mehnati eng ko’p singgan bo’ladi.

Senior dasturchi: Jamoada senior dasturchi eng katta tajribaga ega va o’z sohasi bo’yicha yetarlicha bilimga ega bo’lgan shaxs sifatida ko’riladi. Bu bosqichda dasturchilarda «qancha ko’p o’rganganim sari shuncha kam bilishimni tushunib yetayapman», ma’nosidagi Dunning-Kurger effekti holati yuz beradi. Ular endi daturlashdagi real hayot muammolariga duch kelishadi va o’z bilimlarining ojizligini his qilishadi. Ammo shunga qaramasdan, ulardagi soha bo’yicha bilimlari avvalgiga nisbatan faqat yuqorilayotgan bo’ladi.

Dunyoda hech bir ilmning oxiri yo’q. Albatta, dasturlashda ham hatto senior darajasidan keyin ham o’rganiladigan narsalar juda ko’p. Shunday ekan izlanishdan aslo to'xtamang!

Berilgan ma'lumot sizlarga foydali bo'ldi degan umiddamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

@ITgaDoir
2.9K viewsShovqiddin Mahmudov, edited  12:43
Ochish/sharhlash