Get Mystery Box with random crypto!

#texnologiya #chip Ilon Mask kompaniyasi 2022 yildan odamlar | Innovatsion texnologiyalar dunyosi

#texnologiya #chip

Ilon Mask kompaniyasi 2022 yildan odamlarga chip o‘rnata boshlaydi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining Neuralink texnologik kompaniyasi 2022 yildan odamlar miyasiga mikrochiplarni o‘rnata boshlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Insider nashri xabar berdi.

Maskning ta’kidlashicha, bunday chiplar birinchi bo‘lib orqa miyasida og‘ir jarohatlari bor odamlarga o‘rnatiladi.

Neuralink chiplari tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni jiddiy jarohatlar va nevrologik buzilishlarni davolashda qo‘llash mumkin. Shu bilan birga, ular miya faoliyatidagi jarayonlarni yozadi va jonlantiradi.

Tadbirkorning aytishicha, kompaniyaning chiplarni odamlarga o‘rnatish standartlari AQSHning oziq-ovqat va dori-darmon nazorati boshqarmasi talab qiladigan standartlardan yuqori.

“Neuralink chiplari maymunlarda yaxshi ishlaydi, ko‘plab sinovlar esa uning ishonchli ekani va xavfsiz olib tashlash mumkinligini ko‘rsatgan”, deb qo‘shimcha qilgan Mask.

@itd_uz