Get Mystery Box with random crypto!

#internet #tezlik Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng tez i | Innovatsion texnologiyalar dunyosi

#internet #tezlik

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng tez internet Qirg‘izistonda qayd etilgan. Bu haqda Britaniyaning Cable.co.uk nashri xabarida aytiladi. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston 5 gigabaytlik faylni 7,44 Mbit/s o‘rtacha yuklab olish tezligi bilan 155-o‘rinni egalladi. Undan keyin 166-o‘rinni egallagan O‘zbekiston bormoqda.

Telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini taqqoslashga ixtisoslashgan Britaniyaning Cable.co.uk nashri O‘zbekistonda 5 gigabaytlik fayl o‘rtacha 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinishi qayd etilgan hisobotni e’lon qildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat 224 davlat orasida 166-o‘rinni egalladi.

Jadvalda MDHning 11 davlatidan aksariyatini o‘rta pog‘onalardan boshlab topish mumkin. Mintaqada o‘rtacha tezlik 12,87 Mbit/s.ni tashkil qiladi. Mintaqadagi eng yirik uchta davlat qatoriga Rossiya (35,73 Mbit/s, 66-o‘rin), Ukraina (25,26 Mbit/s, 77-o‘rin) va Belarus (19,86 Mbit/s, 92-o‘rin) kiradi.

@itd_uz