Get Mystery Box with random crypto!

#Ideathon Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashki | IT City Academy

#Ideathon

Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil qilinayotgan “Istiqbolli IT-loyihalar”(Ideathon) ko’rik tanloviga start berildi!

6-7-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qashqadaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi, IT Park va IT City Academy bilan hamkorlikda Qashqadaryo yoshlari uchun tashkil etilayotgan Ideaton ko'rik tanlovi o‘tkaziladi.

Ideaton – bu kelgusida shaxsiy texnologik biznesni yaratish maqsadida bir-ikki kun ichida gʻoyani ishlab chiqish va uni minimal hayotiy mahsulotga rivojlantirishga imkon beruvchi tadbir.

Tadbirda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha qatnashishlari mumkin:

sun’iy idrok
tibbiyot
energetika
agrar (qishloq xo‘jaligi)
qurilish
taʼlim
ijtimoiy himoya
aholi bandligi
turizm
FinTech

Qarshi shahri, IT Techno Park - Davlat xizmatlari binosi yonida.

Tanlovda ishtirok etish uchun 30-noyabrga qadar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/KnB6nRmErJqiSeai8