Get Mystery Box with random crypto!

2022 yil 10 iyun kuni poytaxtimizda “One Million Uzbek Coders” | Biz endi yangi nomdamiz!

2022 yil 10 iyun kuni poytaxtimizda “One Million Uzbek Coders” (OMUC) O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shma loyihasi natijalariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Oripov, BAA ning hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Al Gergavi, O‘zbekiston AKT ni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IT Park direktori Farxod Ibragimov, hamda “OMUC loyihasining yakunlanish marosimi doirasida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va nomzodlar ishtirok etdi.

OMUC loyihasi aholiga dasturlash va raqamli texnologiyalar bilan ishlashga oid ko‘nikmalarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bepul onlayn platforma hisoblanadi.

Tadbir hamda g'oliblar haqida batafsil bu yerda o'qishingiz mumkin: https://bit.ly/3zsbncv