Get Mystery Box with random crypto!

​​Dasturchi bo’lish yo’l xaritasi va birinchi ishni topish Us | Yangi yildan keyin

​​Dasturchi bo’lish yo’l xaritasi va birinchi ishni topish

Ushbu mavzuga doir bir qancha postlarni o’qigan bo’lishingiz mumkin lekin ushbu maqolada biz nafaqat dasturchi bo’lish uchun o’rganilishi kerak bo’lgan dasturlash tillari va o’rganib bo’lgandan so’ng birinchi ishni topishgacha bo’lgan jarayonlarga to’xtalib o’tamiz va buning misolida Frontend dasturlashni olamiz.

1) Frontend dasturchi bilishi shart bo’lgan asosiy texnologiyalar

HTML, CSS, Javascript.

2) O’rganib qo’yishi shart bo’lgan CSS yordamchi kutubxonalari

Sass, Bootstrap, Tailwind

3) Bilishi shart bo’lgan Javascript library va frameworklari

React, Angular, Vue

4) O’rganib qo’ysa katta plus bo’ladigan texnologiyalar.

Typescript, Git, Github

Qanday ketma-ketlikda o’rganish kerak?

HTML -> CSS -> Bootstrap yoki Tailwind -> JavaScript, -> SASS, Github -> Git-> React yoki Angular yoki Vue -> Typescript

Bularni o’rganib va ular yordamida bir qancha loyihalar qilib chiqishingizga o’rtacha 7-9 oy vaqt ketadi albatta bu o’rganuvchiga qarab ko’proq yoki ozroq bo’lishi mumkin

Siz yuqoridagilarni 7 oy muddatda o’rganib bo’ldingiz deylik. Endi nima qilish kerak?

Kattaroq 2-3 ta loyihalar qilishingiz kerak. Bular Ecommerce sayt, Netflix yoki Facebook clone variantlari bo’lishi mumkin. Albatta ularni you-tube dagi videodarslarda shundoqqina ko’chirib yozishingiz emas aksincha har bir qismini o’z mehnatingiz bilan amalga oshirishingiz kerak loyihangiz mukammal bo’lmasa ham to’laqonli o’zingizniki bo’lsin. Bu sizga birinchi ishingizni topishda katta yordam berishi mumkin.

Loyihalaringiz ham bor endi nima qilasiz?

Bungacha siz noldan to
hozirgi holatingizgacha 8-9 oycha vaqt sarflagan bo’lishingiz mumkin va albatta bu normal. Endi siz bitta yaxshi resume yozasiz. Resumeda asosan siz nimalarni bilishingiz va bularni qaysi manbalardan qancha vaqtda o’rganganingiz haqida ma’lumot, qilgan loyihalaringizga link, ijtimoiy tarmoqlardagi accountlaringizga link (linkedin, github, facebook asosan shularni qo’yganingiz ma’qul) va albatta siz bilan bog’lanish uchun email ( iltimos emailingizda o’zingizni ism - sharifingiz bo’lsin qanaqdur kingoftheworld, webfrontenddev larga o’xshash nonprofessional nomlardan foydalanmang.

Resume ham to’ldirdingiz endichi?

Mana endi ish topishga kirishsangiz bo’ladi. Albatta ishga kirayotib juniorman demang sababi sizda haqiqiy ish tajribasi yo’q va bu holatda siz intern(stajer) bo’lasiz. Stajerlikka vakansiyalarni linkedin, hh.uz kabi platformalardan topishingiz mumkin. Albatta bu oson bo’lmaydi, stajerlikka vakansiya chiqmasa kompaniya HR bo’limi bilan bog’laning va amaliyot qilmoqchi ekanligingizni bildiring. Odatda amaliyot 3 oygacha bo’lishi mumkin, bu sizni bilimingiz va kompaniyaga bog’liq.

Va nihoyat amaliyotdan so’ng siz Junior dasturchisiz. Bu holatda amaliyot o’tagan kompaniyangiz katta ehtimol bilan ishga olib qoladi, albatta siz ularda yaxshi taasurot qoldira olsangiz. Maoshni kelishasiz ( bizda yangi juniorlar uchun ko’pinch oylik $300 dan boshlanadi) va rasmiy ishni boshlaysiz .

Ko’rib turganingizdek kurslarni bitirgandan so’ng siz birdaniga ishga kirib keta olmaysiz bu ma’lum vaqt ( o’rtacha 2 oydan 5 oygacha) talab qiladi.

Hulosa: Umuman noldan boshlagan frontend dasturchi birinchi oyligini olguncha ketadigan vaqt o’rtacha 12-15 oyni talab qilar ekan va bu vaqtni qisqartirish yoki ko’paytirish albatta o’zingizga bog’liq

nurmukhamedoff_dev
@ITblog_uzb