Get Mystery Box with random crypto!

Italyan tili

Telegram kanalining logotibi italian_lan — Italyan tili I
Telegram kanalining logotibi italian_lan — Italyan tili
Kanal manzili: @italian_lan
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.14K
Kanalning ta’rifi

• web-sahifamiz: https://www.initalia.uz
• Test: https://test.initalia.uz
• adminlar/online dars : @Shokhrukhdinho99 @shaxbozm
• Yozish : @scrivere_in_italiano
• Kino : @Cinema_italiano_uz

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-12 13:13:36
Lei ....bene ( uning ahvoli yaxshi )
Anonymous Quiz
42%
e'
58%
sta
130 voters733 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, 10:13
Ochish/sharhlash
2022-07-12 12:38:42 #Tor_Vergata_Universiteti

Universita degli studi di Roma Tor Vergata
University of Rome , Tor Vergata

Tashkil topgan yili : 1982
Umumiy o'qituvchi va xodimlar soni : 1.310
Talabalar soni : 44.000
Universitet rangi : yashil va oq
Top 1000 Universitetlar orasidagi o'rni : 243
Italiya Universitetlari orasidagi o'rni : 9
Rim Universitetlari orasidagi o'rni : 2

Rimdagi Tor Vergata universiteti, Rim II universiteti nomi bilan ham tanilgan, Rimda, Italiyada joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. Rimning janubi-sharqiy chekkasida joylashgan universitet iqtisodiyot, muhandislik, matematika va fizika, tabiiy fanlar va tibbiyot , ijtimoiy fanlar sohasida martabasi yuqori Universitetlardan biri hisoblanadi .

Universitet oʻzgaruvchan ehtiyoj va ishchi kuchi imkoniyatlarini qondirishga tayyorlanayotgan talabalarga yuqori sifatli taʼlim berish maqsadida 1982-yil tashkil etilgan. Universitet rektori Oratsio Skilachchi bo'lib u kishi Tibbiyot va Jarrohlik fakultetida professor ham hisoblanadi .

Universitet o'z nomini 14-asrda joylashgan "Turris Virgatae" fermasidan olgan, bu Rim zodagonlari Annibaldi oilasiga tegishli joy hisoblanadi .

Universitet maydoni 6 gektar ya'ni 1483 akrni qoplab olgan.
Universitetda bir qancha campuslar mavjud bo'lib ularning yotoqxonalari bor va eng katta yotoqxonasi 1.300 talabani boshpana bilan taminlaydi .

Universitet 6 fakultetga bo'lingan: Iqtisodiyot, muhandislik, gumanitar fanlar, huquq, matematika, fizika va tabiiy fanlar va tibbiyot va jarrohlik. 18 ta kafedra mavjud bo'lib, 31 ta PhD dasturlari va 51 ta magistrlik dasturlari mavjud. Universitet, shuningdek, 55 ta bakalavriatning uch yillik bakalavriat dasturlari ( ha , noto'g'ri o'qimadingiz , Italiyada bakalavriat 3 yil davom etadi ) va 7 ta 1 yillik magistrlik dasturlarini taklif etadi. Bundan tashqari, Rimning Tor Vergata universiteti ingliz tilida o'qitiladigan 20 ta xalqaro daraja kurslarini taklif etadi: 3 ta bakalavriat, 15 ta magistratura va 2 ta bitta bosqichli kurs. Universitet o'tgan yillarda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va sohalarni o'z tadqiqotlari bilan bog'lash bo'yicha muhim qadamlar qo'ydi. Shuningdek, u tadbirkorlik faoliyati va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun mahalliy korxonalar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatgan kam sonli Universitetlardan biri hisoblanadi.

1-semestr Sentabr oxirida boshlanadi va Yanvarda tugaydi va 2-semestr esa Yanvar oxiri yoki Fevral boshida boshlanadi va IYUN-IYUL oylarida tugaydi .

Kredit tizimi amal qiladi ya'ni 1 semestr 30 kredit va 2 semestr 30 kredit yig'ish kerak umumiy 60 kredit 1 yil uchun. ( Va adashmasam yiliga umumiy 30 kredit yig'ilsa regional stipendiyasini olishga yetadi )

Magistr uchun 2 yilga 120 kredit
Bakalavr uchun 3 yilga 180 kredit yig'ish kerak

Kurslar asosan 6 , 9 , 12 kreditlardan tashkil topadi ya'ni 6 kredit(60 soat) , 9 kredit (90 soat ) va 12 kredit (120 soat ) .

Tor Vergata talabalarni ish bilan ta'minlash bo'yicha Italiyada 8-o'rin Markaziy Italiyadagi eng yaxshi 2 o'rinni egallaydi ya'ni talabalarning 88.5% o'qishni bitirib ish bilan ta'minlangan.

Tor Vergata Universitetida magistratura bo'yicha quyidagi kurslar mavjud :

1.Biznes boshqaruv
2.Iqtisodiyot
3.Yevropa iqtisodiyoti va tadbirkorlik huquqlari
4.Moliya va bank ishi
5.Mexatronika muhandisligi
6.AKT va Internet muhandisligi
7.Kimyoviy nano-muhandislik ishlari
8.Jismoniy faollik va salomatlikni mustahkamlash
9.Biotexnologiya
10.Fizika - Astrofizika va kosmik fanlar bo'yicha o'quv dasturi
11.Fizika - Fundamental o'zaro ta'sirlar va eksperimental texnikalar fizikasi bo'yicha o'quv dasturi
12.Fizika - Murakkab tizimlar va katta ma'lumotlar fizikasi bo'yicha o'quv dasturi
13.Yevropa tarixi
14So'nggi antik davrdan hozirgi kungacha Rimdagi san'at tarixi
15.Turizm strategiyasi, madaniy meros va Italiyada ishlab chiqarish

@italian_lan

https://www.initalia.uz
705 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, edited  09:38
Ochish/sharhlash
2022-07-12 12:38:30
484 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, 09:38
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:06:01 Italiya viloyatlari bo'yicha ma'lumotlar

Neapol
Sitsiliya
Sardinya
Kalabriya
Basilicata
231 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, 15:06
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:51 #Basilicata

Ma'muriy markazi Potenza . Aholisi 600.000 . Viloyat 2 ta provinsiyaga bo'lingan : Potenza va Matera

Basilikata Janubiy Italiyaning eng tog'li hududi hisoblanib uning 47% hududi to'g bilan qoplangan . 45% hududi esa qir-adirliklar va qolgan 8% hududi tekisliklardan tashkil topgan

Hudud seysmologik jihatdan zilzila ko'p bo'ladigan hududda joylashgan va o'z tarixida 2 marta katta zilzilali falokatlarni(1857 yil va 1980 yil ) boshdan kechirgan

Basilikatada hayot Poleolit davridan beri mavjud

Basilikataliklarning avlodlari Yunonlar hisoblanadi

Aholisi asosan ish yo'qligi sabab Turin shahri va Lombardiya viloyatlariga ko'chib ketishadi

Dindor insonlar foizi boshqa hududlardan ko'ra ancha yuqori 27.9% insonlar cherkov , masjid, sinagogaga borishadi.

Qishloq xo'jaligida asosan bug'doy ekiladi va u qishloq xo'jaligining 46% yerini tashkil etadi . Tog'li hududlarda asosan kartoshka va makkajo'xori ekiladi .

Qiyin dovonlar va reklamaning kamligi bois Basilikata Italiyadagi eng kam tashrif buyuriladigan hudud hisoblanadi .

Basilikata tabobati u qadar boy emas va Italiyaliklar ularning tabobatini " Dehqonlar tabobati " deb atashadi va asosan cho'chqa va qo'y go'shtini iste'mol qilishadi chunki aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug'ullanadi .

Basilikataning bir yillik YAIMi 12.6 milliard yevroni tashkil etadi .

Albatta, ularda ham Mafiya bor nomi " Basilischi " 1994-yil tashkil topgan bo'lib asosan o'g'rilik , odam savdosi(fohisha saqlash) , qimor va qurol savdosi bilan shug'ullanadi .

@italian_lan

https://www.initalia.uz
234 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, edited  15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:29
226 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-06 17:47:35
Piza minorasining tepasiga olib boradigan zinapoyalar

Minoraning o'zi 1173 yildan 1360 yilgacha deyarli 200 yil davomida qurilgan. Zinalardagi marmar so'nggi o'n yilliklarda sayyohlar oqimi tufayli shu holatga kelgan

@italian_lan

https://www.initalia.uz
317 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, 14:47
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:01:18 Assalamu alaykum,
si informa che sabato, in occasione di 'Îd al-Adhà, presso la Grande Moschea ci saranno tre preghiere: alle ore 8.30, alle ore 09.30 e alle ore 10.30.
273 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, 11:01
Ochish/sharhlash
2022-07-02 01:45:44
Italiyadagi eng tor ko'cha&yo'lak

@italian_lan

https://www.initalia.uz
655 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, edited  22:45
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:03:35
" Distinguere " fe'lining Presente Indicativo zamonida II-shaxs ko'plikda to'g'ri tuslangan shaklini belgilang
Anonymous Quiz
50%
Distinguete
28%
Distingute
11%
Distingate
12%
Distinguite
104 voters599 viewsSʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ, 13:03
Ochish/sharhlash