Get Mystery Box with random crypto!

Bir narsani shundoq guvohi bo'lib juda xafa bo'ldim Hozir Bux | Italyan tili

Bir narsani shundoq guvohi bo'lib juda xafa bo'ldim

Hozir Buxoroning Kogon shahridaman , Vokzalda , bir koreys soat tunda 1 atrofida kelgan edi va shu skameykalarda men kabi tunni o'tkazmoqchi bo'ldi ammo temiryo'l xodimi uni oldiga chaqirib shu skameykalarda tunni o'tkazmoqchi bo'lsang 3$ berishing kerak yoki xohlasang 2-qavatda 10$ divanda uxlashing mumkin dedi. Koreys bu so'zlarni menga aytdi , yo'q unaqa emas , bu yerda tekin qolish mumkin hozir masalangni hal qilaman degan edim yo'q bo'ldi kerak emas deb meni to'xtatdi va chiqib ketdi. Hozir ertalab soat 05:00 yonimga kelib qoldi to'satdan va bechora vokzal tashqarisidagi skameykalardan birida uxlabdi. Boshiga sochiqni o'rab olibdi boshim sovqotmasin deb. Bechora rosa xafa bo'lgan. Pulim bor ammo hotelga hozir borsam arzimaydi va 1 kun hech narsa qilmaydi dedi. Hozir endi ko'chaga chiqishga ham qo'rqdi ayniqsa turniketda. Hech narsa bo'lmaydi , chiqaver dedim. Signalzatsiya ishladi o'tganida va qo'rqdi , o'taver mumkin dedim , qorovul ham ma'qulladi. Xullas endi u hozir Buxoro shahri markaziga ketdi. Ammo vokzal xodimining bu ishi yaxshi emas