Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT, FIRIBGARLAR! So’nggi paytlarda bir xil sxemadagi firi | IT_Xabarchi_Uz

DIQQAT, FIRIBGARLAR!

So’nggi paytlarda bir xil sxemadagi firibgarlar juda ko’payib ketdi. Ular haqida avval ham bir necha bor ogohlantirgan edik.

Gapimizdan to’g’ri xulosa chiqarganlar ko’p bo’ldi. Ammo oson pul topish vasvasasi sababli es-hushidan ayrilganlar harom pul topishdan xavotir olmay, firibgarlarga ishonishda davom etmoqda. Ular bizning gapimizga ishonishmaydi.

Vaqt ko’rsatyaptiki, yetarli pul to’plagan firibgarlar kanallarini, guruhlarini va admin profillarini o’chirishmoqda, sekin juftakni rostlayapti.

Yana bir bor ogohlantiraman, mana bu firibgarlar nomini yaxshilab eslab qoling:

1. SolarCity
2. Tesco Share
3. Tether Gold
4. Supertask
5. Andibo
6. Oasis guruhi
7. HBCLOUD
8. Instpower
9. Leah
10. Shopbuild
11. AIS
12. Chergespot
13. Alken Wealth

Bularning hammasi muttahamlar. Ishonib, pul tikib o’tirmanglar. Sodda bo’lmang.

Hali bular menga ma’lum bo’lgani xolos. Yana allambalolari ham ko’p ekan.

Firibgarlarni qanday aniqlasa bo’ladi?

Barchasi qanaqadir xorijiy kompaniya nomidan ish yuritadi;
Sizga uyda o’tirib, oson pul topishni va’da qiladi;
Nimadir sotib olish (quyosh paneli, mayning uchun uskuna va hk), investitsiya kiritish yoki qanaqadir vazifa bajarishni so’rashadi.

Firibgarlarning eng katta belgisi: pulni Payme yoki Click orqali kimningdir plastigiga tashlashni so’rashadi. O’zlari ham xuddiki siz “ishlab topgan” qanchadir pulni kimningdir plastigidan sizga o’tkazadi.

Unutmang, xorijiy kompaniyamiz deb, pulni qaysidir fuqaroning plastigiga tashlashni so’rasa, ular aniq firibgarlar! Ishonib o’tirmang.

Gaplarimga ishonmaganlar esa vaqti kelib afsuslanadi.

xushnudbekuz

@IT_Xabarchi_Uz