Get Mystery Box with random crypto!

#it_maslahat Yangi dasturchilar uchun maslahat. Yangi dastur | IT_Xabarchi_Uz

#it_maslahat
Yangi dasturchilar uchun maslahat.

Yangi dasturchilar ko‘proq kod yozish, sabrli bo‘lishi, qisqa kod yozishdan voz kechishi kerak.

1. Juda ko‘plab dasturchilar sifatli, ammo uzun kod yozishdan zerikadilar. Bu dasturchi uchun juda yomon. Ko‘proq o‘z ustingizda ishlab, ustoz dasturchilardan bu borada maslahat va tavsiyalar oling.

2. Ko‘pchilik kod yozishga zerikadi. Ba‘zilar yarim tayyor kodlarni sotib oladi yoki kimlargadir buyurtma beradi. Yangi dasturchi iloji boricha kodlarni o‘zi noldan yozish kerak.

3. Nafaqat yangi dasturchilar, balki ko‘p yillik dasturchilar ham sabrli bo‘lishlari kerak. Bu dasturchining eng kuchli quroli deb o‘ylayman. Zeriksangiz, o‘z Qat‘iyatingiz ustida ishlang.

P.S. Yuqoridagi ma'lumotlar foydali bo‘layotgan bo‘lsa yaqinlaringizga ulashing.

Ismoil Teacher

@IT_Xabarchi_Uz