Get Mystery Box with random crypto!

HAR BIR MUSULMON BILISHI LOZIM BOʻLGAN RASULULLOH SOLLALLOHU A | IT with Eagle

HAR BIR MUSULMON BILISHI LOZIM BOʻLGAN RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM HAQLARIDA 10 TA MAʼLUMOT

1. Paygʻambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) 571-yil Makkada tugʻilganlar.
2. Otalari tugʻilishlaridan oldin, onalari esa 6 yoshlarida vafot etishadi. U Zot yosh bola payitlarida yetim   boʻlib qoladilar.
3. U kishining tarbiyasi bilan bobolari Abdulmuttalib, keyin amakilari Abu Tolib shugʻullanganlar.
4. 9 yoshlaridan boshlab, amakilari bilan tijorat safarlarida qatnashganlar.
5. U Zot oʻzlarining rostgoʻyliklari bilan jamiyat oldida hurmatga erishganlar. Amin-rostgoʻy laqabini olganlar.
6. 25 yoshlarida Xadicha onamizga uylanganlar.
7. 40 yoshlarida paygʻambar boʻlib, 13 yil Makkada, 10 yil Madinada islomni tarqatganlar.
8. Paygʻambarlik 23 yil davom etgan.
9. Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) oʻqish va yozishni bilmaganlar.
10. Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) 632-yil Madinada vafot etganlar.

@It_with_Eagle