Get Mystery Box with random crypto!

IT - Time

Telegram kanalining logotibi it_time — IT - Time I
Telegram kanalining logotibi it_time — IT - Time
Kanal manzili: @it_time
Toifalar: Texnologiyalar , Dasturlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 767
Kanalning ta’rifi

Dasturlash va muallifning hayotiga oid fikrlar, video darslar jamlangan kanalga xush kelibsiz.
Admin: @it_time_admin

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-12-15 10:12:03 #frontend #react #toshkent

"SoftData" MCHJ Junior/Middle React FrontEnd dasturchisi ishga taklif qiladi.

Talablar:

• Tijoriy loyihalarda 1 yildan ortiq tajriba;
• JavaScript, ReactJS, TypScript-ni yaxshi bilish;
• JQuery, Axios bilan ishlash tajribasi;
• HTML5, CSS3, Bootstrap bilan ishlash tajribasi;
• Git, Postman, Trello bilan ishlash tajribasi;
• Rus tilni yaxshi bilish.

Qulayliklar:

• Ish vaqti: 6/1, 09:00-18:00
• Ish haqi: suhbat natijalariga ko'ra $500 boshlanadi


Manzil: Toshkent

Aloqa: @project_managerN1

@it_time
324 viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 22:25:25 IT - Time pinned a photo
19:25
Ochish/sharhlash
2021-12-14 21:46:26 #intervyuda_tushgan_savollar

EPAM Systems kompaniyasiga ishga kirishda tushgan savollar.

HTML & CSS & JS bo’yicha savollar

0. CSS va SASS o’zgaruvchilari orasida nima farq bor?
1. Block va inline elementlari orasida nima farq bor?
2. HTML Semantic elementlari nima?
3. CSS da qanday nomlash metodologiyalarini bilasiz va ishlatasiz?
4. Accessibility nima?
5. SEO optimizatsiyasi nima?
6. JavaScriptda qanday ma’lumot tiplari mavjud?
7. Primitiv va Reference ma’lumot tiplari orasida nima farqlar mavjud?
8. Odatiy (qo’lbola - custom) Promise kutubxonalaridan foydalanganmisz?
9. Fetch va Axios ni farqi nimada va qanday qulayliklari mavjud?

Amaliy savollar:

10. Outputlar (natijalar) ni ketma ketligida ayting
function f() {
console.log(x)
console.log(y)
var x = 0;
var y = 1;
}
f()

11. Natija nima bo’ladi?

function f() {
setTimeout(() => console.log(0), 0)
console.log(1)
}
f()


React bo’yicha savollar:

12. Reactdagi asosiy hayot tsikli metodlari qaysilar?
13. Pure component nima degani? va oddiy komponentdan nima farqi bor?
14. VirtualDOM nima degani va DOM dan nima farqi bor?
15. Quyidagi kodda qanday xatolik mavjud?

import { useEffect } from "react"
import {subscribe, unsubscribe} from "subscription-lib"

function Component() {
useEffect (() => {
subscribe ()
})
return null;
}

16. Redux ning side-effect (nojoyi ta’sir) kutubxonalaridan foydalanganmisz?
17. Q/A team bilan ishlaganmisz va ular bilan ish jarayoni qanday ketadi?

@it_time
396 views18:46
Ochish/sharhlash
2021-12-14 15:16:22
Odamiylik deganda nimani tushunasiz?

Axir Rohman: "Men singan yuraklardaman" demadimi ?! Uch turdagi insonning alamli ko'z yoshidan ehtiyot bo'ling

• Ota-onaning ko'z yoshi
• Yetimning ko'z yoshi
• Mazlumning ko'z yoshi

@muhammadkarim_toxtaboyev
342 views12:16
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:07:44
#intervyuda_tushgan_savollar

Frontendda BEM metodologiyasi nima?

BEM(Block, Element, Modifier) - bu CSS da classlar tashkil qilish va nomlash uchun Yandex tomonidan tuzilgan metodologiya.

Block, Element, Modifier metodologiyasi HTML va CSS-da class nomlari uchun mashhur nomlash konventsiyasidir. BEMni o'qish oson va uslublarni tartibga soladi, hatto loyihalar juda katta bo'lsa ham.

Yuqoridagi rasmda:

head: block
eye: element
small: modifier

— Ko’proq o’rganish uchun bosing —

Manba: @yakhyo_ismoiljonov

@it_time
430 viewsedited  04:07
Ochish/sharhlash
2021-12-12 16:23:55 #intervyuda_tushgan_savollar

Bir tanishim Frontend bo'yicha ishga topshirgan ekan. Intervyuda tushgan HTML va CSSdan savollarni sizga ham ulashmoqchimiz.

1. BEM metodologiyasi nima?

2. SEO optimallashtirish uchun qanday qadamlar mavjud?

3. Bir sahifada nechta

tegga ruxsat berilgan?

4. Semantik HTML nima va uni nima uchun ishlatishimiz kerak?

5. Qanday teglar mavjud va vazifalari?

6. HTMLda rasmlarni “lazy load” qilish uchun nima qilinadi va buni qanday foydasi bor?

7. Google veb crawellari saytlardan nimalarni qidiradi?

8. Lighthouse orqali vebsaytni optimallashtirish qanday bo’ladi?

@it_time
548 viewsedited  13:23
Ochish/sharhlash

2021-12-12 14:07:35
#tugadi

P/s: HTML , CSS ni o'rganib olib o'zidan dasturchi yasab olganlarga yuboramiz

@it_time
733 views11:07
Ochish/sharhlash
2021-12-11 15:14:57
#JavaScript #React

Uraa Talabalarga 30% chegirma !!! FrontEnd Web dasturlash kursiga qabul boshlandi.

JavaScript va React guruhimizga qo'shilishni xohlaysizmi ?

Endilikda HTML, CSS dan bilimlari bo'lgan o'quvchilarni JavaScript va undan so'ng React dan bo'ladigan kurslarimizga qo'shib olish imkoni paydo bo'ldi.

Shoshiling atiga 3 ta o'quvchi olinadi holos.

PS: Har 12 ta darsdan so'ng imtihon bo'ladi. 1-o'ringa 50% chegirma mavjud.

@it_time_admin +998 93 148 77 33

Moʻljal: TATU

@it_time
5.5K views12:14
Ochish/sharhlash
2021-12-09 13:07:24 Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat

XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisi uchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin.

. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish
Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan:
“the best programming language”

. Yulduzcha belgisi
Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan:
“twinkle twinkle little star how I * what you are”

. So‘zlarni filtrlash
Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan:
“the best programming language for a beginner -python”

. Fayllar bo‘ylab izlash
Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan:
“python presentation filetype:pptx”

. Ortiqcha belgilar
So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi.

Yuqoridagi malumot siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ham ulashing

@it_time
687 views10:07
Ochish/sharhlash
2021-12-08 10:35:25
#telegram

Telegramga yangi funksiyalar qo'shildi

1) Bu orqali siz guruhlarga o'zingizning kanalingiz nomidan yozishingiz mumkun. Hamda spam olishingiz ham mumkin

2) Telegramda yangi funksiya - postlarni ulashishni (forward) va nusxalashni (copy) taqiqlash imkoniyati paydo bo'ldi.

Endilikda guruh va kanal egalari xabarlarni uzatish imkoniyatini cheklashi mumkin. Bunda esa bevosita foydalanuvchilar media yoki kontentni saqlay olmaydi va skrinshot ham qilolmaydi.


@it_time
1.1K views07:35
Ochish/sharhlash