Get Mystery Box with random crypto!

Telegram dasturchilari 'O'zkomnazorat' blokirovkasiga 1 soat-u | IT TEXNO NEWS

Telegram dasturchilari "O'zkomnazorat" blokirovkasiga 1 soat-u 35 daqiqada barham berdi.

Telegram messenjerining Qo‘llab-quvvatlash markazi vakili Davronbek Rustamov o‘z kanalida bugungi voqealar xronologiyasini yozdi:

19:15. “O‘zkomnazorat” Telegram’ni blokirovka qilishga urinishni boshladi.
19:25. Telegram jamoasi bu haqda xabar oldi.
21:00. Telegram bunga choralar ko‘rdi – messenjer yana proksi-server va VPNsiz ishlay boshladi.
21:37. Prezidentga “O‘zkomnazorat”ning kelishilmagan harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berilgani ma’lum bo‘ldi.
22:06. “O‘zkomnazorat” rahbari yuqoridagi sababga ko‘ra ishdan bo‘shatilgani xabar qilindi.

@IT_Texnologiyalar_News