Get Mystery Box with random crypto!

​​Qayerda internet signal yaxshi, qayerda mobil antenna o'rnat | IT Texnologiyalar

​​Qayerda internet signal yaxshi, qayerda mobil antenna o'rnatilgan? degan savollarga javob

Android timzlarini ilovalar bilan ta'minlaydigan Play Market bozorida "Network Cell Info Lite" degan ilova bor, bu ilova quyidagilarni sizga ko'rsatib beraoladi:
- Mobil aloqa signal quvvati darajasi;
- WiFi orqali internetga ulangan bo'lsangiz, qayerda kuchli signal mavjudligi;
- Map qismiga o'tsangiz, mobil operatorlarning antennalari qayerlarda joylashgan vahakazo.

Bu ilovadan qachon foydalangan yaxshi:
- Uyingizning qayerida mobil aloqa sifati yaxshiligini aniqlashda;
- WiFi internet signali uyingizning qayerida maksimal darajadayu, qaysi burchakda umuman past;
- to'g yon bag'rlariga chiqqaningizda, qayerda aloqa mavjudligini aniqlashda;
- Har xil statistik ma'lumotlar olishda.

Ko'chirib olish: Network Cell info lite
Hajmi: 4,1 MB
Ko'chirishlar soni: 5 mln'dan ko'p.

O'zim ishlatib ko'rdim, manimcha foydali ilova, iPhone qurilmam bo'lmaganligi sababli, iOS uchun tekshiraolmadim.

@IT_Texnologiyalar