Get Mystery Box with random crypto!

Foto: IXBT Huawei kompaniyasi o‘zi boshqariladigan yangi trans | IT | BooM

Foto: IXBT
Huawei kompaniyasi o‘zi boshqariladigan yangi transport vositasi — velosiped yaratish ustida ish olib bormoqda. Mazkur ikki g‘ildirakli velosiped kattalar uchun mo‘ljallangan, deb xabar beradi IXBT.

Huawei’ning muhandis-ixtirochilaridan biri bo‘lgan Chjixuey Szyun bu kabi g‘oyaga velosipedda avariyaga uchrab, jarohat olganidan so‘ng kelgan. Haydovchisiz boshqariladigan velosipedni yaratish uchun jamoaga uni butun boshli datchiklar jamlanmasidan iborat avtomatik boshqaruv tizimi, kamera va samarali apparat platformasi bilan jihozlashga to‘g‘ri kelgan.

Bundan tashqari, muhandislar yo‘ldagi vaziyatlarni qabul qiladigan va transport vositasini boshqaradigan algoritmlar jamlanmasidan foydalangan. Kamera va datchiklar to‘siqlarni aniqlaydi, sun’iy intellekt texnologiyasi esa inson aralashuvisiz vaziyatga baho berish imkonini beradi.