Get Mystery Box with random crypto!

Porsche Taycan elektromobili 14 davlatni 24 soat ichida bosib | IT Texno

Porsche Taycan elektromobili 14 davlatni 24 soat ichida bosib o'tib, yangi rekord o'rnatdi

Porsche Taycan elektromobili hozircha rasman tan olinmagan yangi rekord o'rnatdi. Rasmiy ravishda ushbu rekord quyidagicha e'tirof etiladi: 24 soat ichida elektromobilda sayohat qilingan mamlakatlar soni.
Britaniyaning "What Car?" nashri jurnalistlari bir kunda jami 1930 kilometr yo‘l bosib, 14 davlat bo‘ylab sayohat qilgan. Sayohatchilar bunday masofani bosib o'tishda yetti marta elektomobilni quvvatlash uchun to'xtashgan.
Sayohatdan maqsad - jurnal o‘quvchilarni Yevropa bo‘ylab elektromobilda sayohat qilish mumkinligiga ishontirish. Yo'nalish Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya, Lixtenshteyn, Italiya, Avstriya, Sloveniya, Vengriya, Bosniya va Serbiya orqali o‘tgan - umumiy uzunligi 1930 kilometrni tashkil etgan.

TEXNO