Get Mystery Box with random crypto!

#sayoz Sayoz ma'lumot olmang! Sayoz gapirmang, sayoz o'ylaman | IT suhbat

#sayoz

Sayoz ma'lumot olmang! Sayoz gapirmang, sayoz o'ylamang, sayozlashmang. Sayoz bo'lsangiz tezlashasiz lekin qiymatingiz yo'qoladi.

Birinchi yo'qotishimiz kerak bo'lgani bu: sayoz gap, bekorchi gap.

Bekorchi laqqillashdan iborat ma'lumotlar yozadigan kanaldan bittada chiqib keting. Sababi siz sayoz, ma'nosiz va qabul qilayotganda o'ylashni talab qilmaydigan ma'lumotlar o'qiganingiz sari miyangiz shu narsaga moslashib, keyinchalik muhim bo'lgan, diqqat talab qiladigan, teran fikrlash talab qiladigan ma'lumotlarni olayotgan paytingizda ularni qayt qilib tashlaydi (gapni yaxshi tushunish uchun qaytadan o'qing).

لَّا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا كِذَّابًا
U yerda bekorchi va yolg'on gaplarni eshitmaslar(Naba' surasi, 35).

——————————
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا تَأْثِيمًا
Ular unda behuda, gunoh(so'z)larni eshitmaslar. (Voqi'a surasi, 25).

Behuda, bekorchi, lag'v so'zlar jannatiylarning sifatlari emas ekan. Hammamiz jannatiy bo'lishni xohlaymiz, lekin biz uchun berilgan vaqtni shunchaki bekorchi so'zlarni aytishlik bilan ishlatib yuboramiz.

Tafsirda ikkala oyat uchun ham lag'v so'zlar insonning halovatini, rohatini buzadi deb kelgan. Nimaga buzadi a? Axir, aksincha, bunaqa so'zlashish yoki bunday oson qabul qilinadigan ma'lumotlarni o'qish yoqimli bo'lyapti-ku!

Shaxsan o'zimda kuzatganman, telegramga berilib, kimningdir blogiga kirib, bir-ikki sayoz, kim uchundir biror foydasi bo'lmagan narsani o'qiganim sari yuqorida aytganimdek qiyin, diqqat talab qiladigan ma'lumotlarni miyam o'zlashtirishni inkor qila boshlagan. Bu holatga tushgandan keyin, oldingi holga qaytib olish og'ir kechadi. Shunday sayoz ma'lumotlarga "o'tirib qolishim" meni halovatimni, rohatimni buzgan, sababi uni o'rniga biror bilim o'rgansam hozir mevasini berayotgan bo'lar edi.

SHUNCHA YILLIK BEKORCHI GAPLARNI DEB HOZIR ROHATIM YO'Q, UXLAMAYAPMAN!

Sizda ham keyinchalik afsus bo'lmasligi uchun sayozlikdan qoching. Bu haqida hali ancha gapiraman.

@ahmad_abdulvahid