Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlarni innovatsion, texnologik, ilmiy bilimlarini oshirish | IT School

Yoshlarni innovatsion, texnologik, ilmiy bilimlarini oshirish va startap loyihalarini izlab topishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilgan “Technoways” texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichiga 15 noyabr kuni start berilgan edi.

24-noyabrgacha davom etadigan marafonda yoshlar zamonaviy texnoparkning barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘z innovatsion g‘oyalari ustida ish olib borishadi. Qolaversa, ishtirokchilar uchun turli xil “Innotur” sayyohatlari uyushtiriladi.

Shu bilan faxirlanishimiz mumkinki, 100ta eng saralangan innovatsion loyihalar ichida Mirzo Ulug'bek maktabi o'quvchisi Abrorov Saidmurod ham bor. U o'zining "Choose and Build" nomli mobil ilova bilan marafonning "Dasturlash" yo'nalishida qatnashmoqda. Shuning dek u "Technoways" marafoning eng yosh ishtirokchisi hisoblanadi.

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi g‘oliblari 22-27-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “InnoWeek.Uz-2021” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida taqdirlanadi.