Get Mystery Box with random crypto!

Qizlar uchun magistratura tekin – bu imtiyoz barcha magistrant | IT SAS

Qizlar uchun magistratura tekin – bu imtiyoz barcha magistrant qizlar uchunmi yoki faqat yangi qabul qilinadigan talabalar uchunmi?

Vazirlik matbuot xizmati kun.uz saytiga taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, keyingi 2022/2023-o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida 1-bosqichga qabul qilinadigan hamda ushbu o‘quv yilida 2-bosqichga o‘tgan barcha magistr xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qaytarish shartisiz qoplab berilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, xotin-qizlarning magistraturada o‘qish xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan 23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m ajratilishi belgilangan. @IT_SAS