Get Mystery Box with random crypto!

​​#Foyda Qurʼon xatm qilish ilk bor qiyin boʻladi. Harfni har | Farrux Ismoilov | shaxsiy blog

​​#Foyda

Qurʼon xatm qilish ilk bor qiyin boʻladi. Harfni harfga urishtirib oʻqigan odam tez malollanib qoladi, qattiq zerikadi. Oxiri, bu oʻqishda baribir Ramazonda tugata olmayman, deb noumid boʻladi va oʻqishni toʻxatib qoʻyadi.

Yoʻq!

Bu bir yil erkalab semirtirgan nafsingizning injiqligidir. Siz umidsiz boʻlmang, qanchaga ulgirsangiz ham oʻqishdan toʻxtamang.

Mayli, bir oyda Qurʼonning yarmini oʻqing, mayli 10 pora, boringki, 5 pora oʻqing, lekin toʻxtamang! Robbingiz Kalomini maza qilib tilovat qilishni orzu qilsangiz, siz shu marhala (bosqich)dan albatta oʻtishingiz kerak. Siz maroq bilan tinglaydigan mashhur qorilarning hammasi shu marhaladan oʻtgan. Ozgina sabr qilsangiz, inshaalloh, yaqinda bu qiyinchilik siz uchun ham rohatga aylanadi.

Eslang, kelasi ramazonda xatm qilaman, deb nechta Ramazonni qoʻldan chiqardingiz. Nafsingizga aldanmang!

Juda qiynalsangiz, niyatni yangilab oling, siz Robbul Olaminning Kalomini oʻqiyapsiz, Qurʼonning har bir harfiga 10 tadan 700 tagacha savob berilishi haqida oʻylang. Qiynalib oʻqigan kishiga ikki barobar ajr vaʼda qilinganini eslang. Zehningizni hozirlab, oʻylang, Alloh taolo bandasi Qurʼon oʻqiganidagichalik boshqa vaqtda unga eʼtibor qilmasligini tasavvur qiling. Siz ayni shu maqomdasiz.

Toʻxtamang, birodar, toʻxtamang!

Ikrom Sharif