Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlash paytida halal berishi mumkin bo'lgan 5 ta hissiyot. | IT Life

Dasturlash paytida halal berishi mumkin bo'lgan 5 ta hissiyot.

1. Ko'p xato qilyabman, mendan dasturchi chiqmaydi.

Aslida bunday emas, xatolarsiz bu sohani o'rganib bo'lmaydi. Bu holat hammada uchraydi, ko'proq xatolar qilib, ularga yechim topish tezroq o'rganishingizga yordam beradi.

2. O'rganishim uchun yetarli manbalarim yo'q.

Internetda tekin manbalar juda ko'p, to'g'ri qidirishni bilish kerak. Videodan o'rganishdan ko'ra, GitHubdagi proyektlarning kodini ochib ko'rib o'rganishga odatlaning, bu ancha samaraliroq bo'ladi.

3. Kod yozish uchun vaqtim yetarli emas.

Vaqt hammaga teng taqsimlangan va oldimizda 24 soat bor. Agar kod yozishga vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, bundan muhimroq boshqa ishingiz bor. Birinchi navbatda kod yozishga asosiy urguni qaratish kerak

4. Qolganlar mendan kuchli, men ancha zaifman.

Ijtimoiy tarmoqlarda yurganingizda tezda shu hissiyotni boshdan kechirasiz, o'zimda ham bunday holat ko'p bo'lgan. Sizdan ustunlar doim bo'ladi, ammo sizdan ham yomonlar yetarlicha topiladi.

5. Bir kunim o'tsa hech narsa qilmaydi.

Bu eng yomon hissiyot, kun kelib hatto odatga ham aylanib qolishi mumkin. Hech qachon kuningizni behuda sarflamang.


@IT_LIFE_channel | You Tube