Get Mystery Box with random crypto!

Tushkunlik haqida 1. Biznesing o’xshamadi. Qarzga botib ketdi | Yosh Dasturlovchi

Tushkunlik haqida

1. Biznesing o’xshamadi. Qarzga botib ketding. Ishga kira olmayapsan. Sevganing tark etdi. Institut qabul qilmadi. Muammolaring ko’p.

2. Yechim yo’qdek ko'rinadi. Endi hayot avvalgi kabi bo’lmaydi, deb o’ylaysan.

3. Yechim bor. Faqat u tashqarida emas, ichkarida. Uni hozir ham qo’llasa bo’ladi.

4. Shu yerda hali hammasi yaxshi bo’lib ketadi, deb yozsam bo’lardi. Unday qilmayman. Balki hammasi yaxshi bo’lib ketmas.

5. Lekin bir narsa aniq. Senda 117 milliard o’lib ketgan odamlarda yo’q imkoniyat bor. Sen nafas olyapsan. Biror nima qila olasan.

6. Biror nima qilishni xohlash xohlamaslik seni ishing. Muhimi senda imkon bor. Yer ostidagilarda esa bu imkon yo’q. Rokfeller bo’lsa ham, Kennedi bo’lsa ham.

7. Tiriklik muborak. Xursand bo’lishga shuni o’zi yetadi.