Get Mystery Box with random crypto!

SPAM oʻzi nima? Bugungi post orqali aslida spam nima ekanligi | 🚀 IT Kelajak Sohasi

SPAM oʻzi nima?

Bugungi post orqali aslida spam nima ekanligi va undan qanday maqsadda foydalanishlarini bilib olamiz. SPAM — ommaviy ravishda yuboriladigan xabarlar toʻplami. Koʻpincha spam xabarlar elektron pochta orqali, telefon qoʻngʻiroqlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yuborilishi mumkin.

Oddiy internet foydalanuvchisi bunday xabarlarni farqlay olmaydi. Axir kim ham Afrika qitʼasining qayeridadir och qolgan malika va uning xalqi uchun pul bergisi kelmaydi. Shvitsariya bankida million dollarlik hisob raqamga ega boyvachcha umrining oxirida boyligini bizdek bechoraga ehson qilsa qilibdi-da! Kompyuteringizdagi birgina tugmani bosish orqali hakker qurboniga aylanishingiz mumkin. Plastik kartadagi mablagʻlar, kompyuteringizdagi shaxsiy xabarlar, videolar, suratlar deysizmi barchasidan ayrilib qolasiz.

@IT_Kelajak_Sohasi - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi