Get Mystery Box with random crypto!

#FoydaliMalumot Portfolio nima? Portfolio - so‘zi ingliz til | IT va Grafik dizayn

#FoydaliMalumot

Portfolio nima?

Portfolio - so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “muhim hujjatlar papkasi” degan ma’nonini bildiradi. Shuningdek, portfolio mutaxassisning o‘ziga xos yutuqlari jamlanmasi vazifasini ham bajaradi.

IT sohasida portfolio nega kerak?

— Tasavvur qiling, men grafik dizaynerman yoki bot dasturchi. Qilgan ishlarimni bir telegram kanal yoki github sahifamga joylab boryapman. Meni xizmatlarimdan foydalanuvchi mijoz ham topildi, ammo u men qilgan ishlardan namuna so'ramoqda... Demak, men unga o'z qilgan ishlarim, ya'ni portfolioimni taqdim etishim kerak. Shunda, u o'z ishini bajara olishimga ishonch hosil qilgandan so'ng men bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi.

P.S: Xulosa qilganda, agar kelajakda yaxshi daromad qilmoqchi bo'lsangiz, yaxshigina portfoliga ega bo'lishingiz kerak!

@it_grafik_dizayn