Get Mystery Box with random crypto!

Uztelecom tizimida mobil aloqada 2 kundan buyon texnik muammol | IT Dasturchilar kanali

Uztelecom tizimida mobil aloqada 2 kundan buyon texnik muammolar yuzaga kelgan. Mijozlar hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa ham, ammo telefon raqam bloklanib qolmoqda va qo‘ng‘iroq qilganda "Hisobingizda mablag‘ yetarli emas" degan javob kelyapti. O‘z-o‘zidan mobil internet ham ishlamayapti, SMSlar kelishi ham bloklangan.

Kompaniya Call-markazi xodimlari tizimda muammo bo‘layotgani, bunday holat ko‘plab mijozlarda kuzatilayotgani, toki muammo bartaraf etilgungacha kutib turishni maslahat berishmoqda.

Ammo kompaniyaning o‘zi tizimdagi ushbu muammolar haqida bir og‘iz ham gapirmayapti, biror joyda ommaviy ogohlantirish berib, mijozlardan uzr so‘ramayapti.

Ha, endi, o‘zimizning jonajon monopol kompaniyalarimizdan yana nimani kutish mumkin.

xushnudbekuz

IT Dasturchilar kanali