Get Mystery Box with random crypto!

​ 9-V hozirda 10-sinf boʻlgan (10-V) uchun - Abdujalil Chirm | IT | CLUB

​ 9-V hozirda 10-sinf boʻlgan (10-V) uchun - Abdujalil Chirmashev tomonidan yozilgan maxsus post.

Ortga bir qadam qaytgan bo‘lsang, umidsizlikka tushma! Kamondagi o‘q oldinga shiddat bilan otilishi uchun orqaga tortilishini unutma!

Men bir narsani tushunib yetdim: "Agar bugun siz ziyofat-oʻtirish va bemaqsad koʻchada yurishlardan voz kechib - maqsadingiz sari harakat qilsangiz - masalan 10 yildan keyin oʻzingiz borishni xohlagan chet el davlatida boʻlishingiz mumkin - lekin buning uchun hozir harakatdan toʻxtamay, gazini bosing"

Va yana bir gap, sizning doʻstlaringiz men seni ziyofatlarda koʻrmayapman Desa - siz esa men sizlarni banklarda koʻrmayapman deb javob beragan darajaga chiqishingiz mumkin - buning uchun faqat harakat va Harakat qilish kerak.

Biror ish boshladizmi - uni qandaydur maqsadga bogʻlang va unga erishmagunizcha harakatdan Toʻxtameng, hali hammasi yaxshi boʻladi

Men ham xohlayman meni shunday doʻstim va sinfdoshim bor deb faxrlanishni , - men sizlarga ishonaman Sinfdoshlarim va doʻstlarim -

Sizlar bilan salkam 10 yil mobaynida Abdujalil boʻldi - va barcha quvonchli kunlar va boshqa qiziqarli taassurotga boy salkam 10 yil uchun sizlarga raxmat.

Yuqoridagi gaplarim qandaydur Motivatsiya kanallaridan olinmagan , Hammasi - oʻzimni shaxsiy fikrlarimdir

Hammasi 1 kunda oʻzgarishi mumkin yaxshi tomonga - Faqat Allohga ishonib uni bergan risqiga Shukur qilib, - harakat qilishdan toʻxtamaslik kerak,

Ha yana bir gap - Hammasi hammasi hali hamon meni esimda, hech qaysisini unutmayman,
Hali bizni z qilib gap oʻynab (senlar hech kim boʻlmaysan va sendan boʻq ham chiqmaydi ) deganlar va boshqa insonlar bilan ham birma bir gaplashamiz ... (gap egasini topadi)
Hali hayot oldinda, hali hammasi yaxshi boʻladi - Maqsadimiz sari harakat qilyapmiz , demak yaqinda nimadur boʻladi (Yaxshi niyat qilish kerak)