Get Mystery Box with random crypto!

Aziz doʻstlar, biz IT-mutaxassislari uchun foydali podkastlar | IT Center - G'allaorol tumani

Aziz doʻstlar, biz IT-mutaxassislari uchun foydali podkastlar toʻplamining ikkinchi qismini jamladik.

Rus tilidagi podkastlar:
Podlodka Podcast. IT va u bilan bogʻliq barchalar haqida haftalik audio-shou. Podkast boshlovchilari qiziqarli va taniqli mehmonlarni taklif qilishadi, Haskell, debugging, oʻyinga oid AI, dasturlashni oʻrganish va boshqalar haqida gapirishadi. Bundan tashqari, ular qiziqarli munozaralar olib boradilar, dolzarb mavzularda bahslashadilar va sanoatni rivojlantirish tajribasi bilan boʻlishadilar.

IT Way Podcast. Boshlangʻich IT-mutaxassislari uchun podkast. Qulay va sodda, va eng muhimi, umuman zerikarli emas – podkast boshlovchilari digital va IT olamidagi yangiliklarni muhokama qiladilar, hamda, IT sohasidagi barcha kasblar haqida gapiradilar: kosmik apparatlarni dasturlashdan boshlab, boshlanuvchilar uchun frontendʼgacha.

Nolinchi kilometr. Hexletʼning IT, dasturlash, karyera va dasturchilar hayoti haqidagi podkasti. Dasturchilar, jamoa yetakchilari va HR bilan intervyu, kompaniyalarni ochish va kelajakda IT qanday rivojlanishi, qanday texnologiyalar va muhandislik amaliyotlaridan foydalanish mumkinligi haqida suhbatlar.

Ingliz tilidagi podkastlar:
Code Newbie. IT sohasiga endigina kirib kelayotganlar uchun ajoyib podkast. Podkast boshlovchilari sizga qaysi dasturlash tilini tanlash va uni qanday qilib to‘g‘ri o‘rganish kerakligini aytadilar. Har bir soni – bu juda koʻp foydali maʼlumotlar, qiziqarli odamlar esa boshlovchilarga tashrif buyurishadi, ular orasida IBM, Apple, Microsoft va boshqalar kabi xalqaro jamoalarning ajoyib mutaxassislari bor.

Talk Python To Me. Podkast butunlay Python dasturlash tiliga bagʻishlangan. Arxitektura xususiyatlari, frameworkʼlar, patternlar haqida foydali maʼlumotlar. Python tilida ko‘plab loyihalarni yaratgan mutaxassislar boshlovchilarga tashrif buyurishadi – ular o‘z tajribalari bilan boʻlishadilar, qimmatbaho maslahatlar beradilar, tilning o‘ziga xos xususiyatlari haqida suhbatlashadilar va boshqalar.

Arrested DevOps. Podkast butunlay DevOps haqida. Podkast tufayli siz nafaqat DevOps haqidagi umumiy tushunchangizni kengaytira olasiz, balki yangi amaliyotlar va jamoaviy ish haqida ko‘plab foydali maʼlumotlarni ham o‘rganishingiz mumkin.