Get Mystery Box with random crypto!

#Foydalik Dasturlashda mantiqiy fikrlash (logika) juda muhim h | IT BIZNES Ish bor

#Foydalik
Dasturlashda mantiqiy fikrlash (logika) juda muhim hisoblanadi.

Biror dasturlash tili va uning sintaksisini qanchalik bilishingizdan qat'iy nazar dasturlashda mantiqiy fikrlay olmasangiz, siz dasturchi bo'la olmaysiz. Masalan, JavaScript tilida arifmetik amallarni bajarishni bilasiz deylik, ammo agar dasturchiday o'ylay olmasangiz hatto kalkulyator ham yasay olmaysiz.

Dasturchiday o'ylay olishni rivojlantirish uchun turli xil mashqlarni bajarish foydali. Shunday mashqlardan 3 tasini tavsiya qilaman:

1. Algoritmlarni ko'proq yechishni mashq qiling. Bunda sizga (LeetCode, CodingBat) saytlari yordam beradi.

2. Atrofingizdagi tajribali dasturchilar tomonidan yozilgan kodlarni o'rganing va tahlil qilib chiqing.

3. Mantiqiy va puzzle o'yinlarni ko'proq o'ynang.

Ushbu tavsiyalar albatta sizning mantiqiy fikrlashingizni kuchaytira oladi, faqatgina buning uchun sizda sabr va harakat bo'lsa kifoya.

@IT_BIZNES_UZ