Get Mystery Box with random crypto!

Endilikda shaxmatni noldan boshlab, o‘zbek tilida mutlaqo bepu | Bexruz AMONBOYEV- ISTIQBOL

Endilikda shaxmatni noldan boshlab, o‘zbek tilida mutlaqo bepul o‘rganish mumkin!

Bugun ajoyib bir yangilikni e’lon qilmoqchiman. “Ibrat farzandlari” loyihasidan keyin juda ko‘pchilik shaxmat bo‘yicha ham darslar yo‘lga qo‘yishni so‘rashgandi. Shu sabab jamoamiz bilan shaxmatni noldan boshlab, eng tajribali ustozlardan, mutlaqo bepul o‘rganish imkonini beruvchi UzChess YouTube kanalini ishga tushirdik!

Kanalda berib boriladigan darslar orqali endi eng chekka hududdagi yoshlarda ham malakali ustozlardan shaxmatni bepul o‘rganish imkoni bo‘ladi. UzChess kanaliga obuna bo‘ling va o‘zingizga qulay paytda shaxmatni o‘rganishni boshlang! https://www.youtube.com/@uzchesss/playlists