Get Mystery Box with random crypto!

Ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘ | 🌐 Sardorbek.uz

Ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi

Hukumat qarori (61-son, 10.02.2021 y.) bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;

Rasmiy veb-saytlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishi ta’minlash.

Shuningdek, quyidagilarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi:

● shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
● ish qog‘ozlari, turli blanklar;
● mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.

Do'stlaringizga ulashing T.me/IsroilovSardorbek