Get Mystery Box with random crypto!

'Men'ni sovg'a qilgan U! Birinchi marta uchrashganimda U bila | Sarvar's personal

"Men"ni sovg'a qilgan U!

Birinchi marta uchrashganimda U bilan tezda xayrlashgandim... Esimda... O'qishdan qaytayotganimda yo'limga "Sir"ni olib chiqqandi. Yonida dugonalari borligi uchun uyalib, salom bergach, kitobni uzatdiyu ortiga qayrildi. Men esa kitobni olib bezbetlarcha ketaverdim. Rahmat aytib qo'ydim albatta! Kitob o'qishni qachon boshlaganimni bilmayman, ammo U qaytadan kitob o'qishligimga sababchi inson bo'ldi. Avtobusga chiqdim. Talabalarning mashinasi bu avtobus deganlari! Kitobni ochdim, manzilimga yetguncha 30 sahifa o'qiganimni sezmay qolibman, ichidagi bookmarkni oldimda, yetgan sahifamga qistirib, avtobusdan tushdim. Uyga borib ham kitobni o'qishda davom etdim. Qandayligini bilmadimu, lekin o'sha kitob mutolaasini judayam tez tugatdim. Keyin Undan xabar keldi, "Men"ni o'qimaganmisiz degan. Yo'q dedim, "Men"ni bilmasdim ham... Tavsiflab bergach uni ham o'qigim kelib qoldi. "Olib ber!" deya yosh bolalarcha xarxasha qildim. Özi sotib olgan kitoblarini o'qib bo'lgach, so'ragan odamga berib yuboradigan saxiy qahramonimiz, o'sha kitobini ham yetti yot begonaga berib yuborganini aytdi. Kitob do'konlaridan qidirdim, vebsaytlarni kezdim. "Men" tugab qolgan edi.
Bir kuni SMS keldi, "Eski shaharga kelolmaysizmi?" degan. "Nb otrabotka" qilib yurgan Sarvar, borishga vaqt topdi, bechorani kuttirib bo'lsa ham. So'ng Uning yoniga bordimu, qo'lida turgan, Men uchun olingan kitoblarga ko'zim tushdi. Tavba, ichimda bir ovoz: "Sen devonaga hattoki 1000 so'm ham sadaqa qilmaysanu, lekin bular nimaning evaziga berilyapti senga?" deya hayqirdi. Men esa, "O'chir ovozingni, buyam bir yaxshilikka mukofot!" dedim. Kitoblarni oldim . Sovg'alar . Bir inson 1 turdagi kitobni 3 nusxada sotib olganini eshitganmisiz, Men guvohi bo'ldim. U, ha U, dastlabki nusxasini tanimagan insoniga sovg'a qilib yubordi, so'ngra esa 2 nusxa yana sotib oldi... Biri U uchun, boshqasi esa Men uchun!
Hammasini o'qib bo'ldim . Faqatgina, ular orasidagi shoh asar "Men" qolgandi... Xuddi o'qib qo'ysam nimadir bo'lishidan cho'chib, atayin oxiri o'qiyapman...


P.S: Saxiy insonlarga beriladigan mukofotlarning eng yaxshisi Jannat deyishadi. Unga ham mukofot sifatida Jannatni TILADIM ! U kabilar tufayli Qiyomat qoyim bo'lmayapti, U kabilar tufayli umidsiz insonlarga kitoblar orqali umid uchqunlari yana qaytadan binoga kelmoqda. Alloh rozi bo'lsin Undan.
@Ismoilov_Sarvariy