Get Mystery Box with random crypto!

Tushundingizmi? Endi fikr qiling! Agar xohlasangiz ushbu rasm | Imom Al - Buxoriy hadislari ☪️

Tushundingizmi? Endi fikr qiling!

Agar xohlasangiz ushbu rasmni telefoningiz "главный"siga qo'yib qo'ying. Zero, bu rasm sizga motivatsiya berib tursin. Siz va man yashab turdan dunyoda shunday insonlar ham yashayotganlarini bilib turing.
Siz kelajakda yuksak cho'qqilarga erishib, mana shunday insonlarga yordam berishingiz uchun o'qishlarda dangasalik qilmasligingiz uchun motivatsiya bo'lsin.
Hadeb har narsadan nolib, noshukurlik qilayotganingizda, bu rasm sizga sizda hammasi yaxshi ekanligini anglatib tursin.

Sizni umuman olganda hayotda nima ko'proq ruhlantirib turadi? Muvaffaqiyatlarga erishishingiz uchun, yiqilganda turishingiz uchun, o'qishga bo'lgan ishtiyoqingiz sovub borayotganda... Psixologlarning gaplarimi, muvaffaqiyatli insonlarning treninglarimi? Balki ruhlantiruvchi kitoblar o'qish sizni ko'proq olg'a undab turar...
Lekin man mana shunday rasmlardan ko'proq ruhlanaman. Ha, birgina shu rasmning o'zi man uchun eng katta motivatsiya, man uchun ruhlantiruvchi trening va psixologik kitobdir.