Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin! Biz mo‘min bandalariga | Islom.uz

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Biz mo‘min bandalariga ro‘zani farz qilgan va uni tutishga muvaffaq etib, barchamizni Ramazon hayitiga yetkazgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!

Ummatlariga cheksiz muhabbat va shafqat ko‘rsatib, ro‘za tutishni barcha sir-asrorlari bilan o‘rgatib, Ramazon hayitini qanday o‘tkazishni ta’lim bergan habib Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga abadul-abad salavotu salomlar bo‘lsin!

Alloh taoloning tavfiqi bilan muborak Ramazon oyini kunduzlarini ro‘zador, kechalarini xatmi Qur’onlarda qoim bo‘lib o‘tkazdik. Ibodatlarni oson qilgani, zavqu shavq bergani Rabbimiz Alloh subhanahu taoloning biz bandalariga ulkan marhamatidir.

Muborak Ramazon oyi davomida barchamiz ko‘tarinki kayfiyatda tarovehlar, xatmi Qur’onlarda ishtirok etdik, Qur’oni Karimni boshidan-oxirigacha yigirma yetti kun mobaynida to‘liq tinglash baxtiga muyassar bo‘ldik.

Shunday ekan, Alloh taolo Ramazon oyida bizga ato etgan go‘zal fazilatlarni, husni-xulqlarni hayotimiz davomida amalda tatbiq etib borishimizga muvaffaq aylasin. Barchamizni ko‘plab Ramazon oylariga, fazilatli kechalarga sihat-salomatlikda yetib borishimizni nasib etsin.

Barcha mo‘min-musulmonlarni, jumladan, yurtdoshlarimizni fazilatli Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz! Alloh taolo yurtimizni hamisha obod, xalqimizni tinch-totuv, hayotimizni farovon qilsin.

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

«Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti, Islom.uz portali va «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi jamoasi

@islomuz & @hilolnashr @hazratim_uz