Get Mystery Box with random crypto!

​Men boraman bugun yoningga Aylanaman bir mexmoningga Balki so | Islomov She'rlari...

​Men boraman bugun yoningga
Aylanaman bir mexmoningga
Balki so‘nggi uchrashuvimiz
Sensizlikka ko‘nib kelaman

Seni sevdim bilmadim nega
Yoki sevgi qasd qildi menga
Senda qolgan barcha hislarim
Yuragingdan yulib kelaman

Kirolmadim qalbing to'riga
Ko'zlarimni yumib kelaman
Bir bechora ojiz sevgimni
Ming bo‘lakka bo‘lib kelaman

Maftunkorsan go'zalsan tengsiz
Ado bo'ldi yuragim sensiz
Ruxim hasta jonsiz bu tanam
Ko‘zim yoshga to‘lib kelaman

Boqsam senga ko'zim tuymaydi
Boshqa qizga qalbim ko'nmaydi
Senda qolgan hayollarimni
Yuragingga ko‘mib kelaman

Muhabbatdan hasta yuragim
Sen edingku yarim bo‘lagim
Jonim olgan moviy ko‘zlaring
So‘nggi marta ko‘rib kelaman

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar