Get Mystery Box with random crypto!

​Erta tong shamoli bunchalar mayin Yurakka o't solar har lahz | Islomov She'rlari...

​Erta tong shamoli bunchalar mayin
Yurakka o't solar har lahza sayin
Endi men bahorni sevishim tayin
Bu go'zal tuyg'uni qanday atayin?

Bilmadim sevgimi yoki bir havas
Yuragim go'yoki ochilgan qafas
Sevgining kuchidan ololmay nafas
Bu go'zal tuyg'uni qanday atayin?

Yaproq ustidagi bir tomchi shabnam
Mening ko'zlarimni qila oldi nam
Shu shabnam tufayli oshiqman men ham
Bu go'zal tuyg'uni qanday atayin?

Mahliyo etgandir balki shudringlar
Butun osmon meni nolamni tinglar
Sevsangiz sizlar ham mendik sevinglar
Bu go'zal tuyg'uni qanday atayin?

Kanallga ulanish
@Islomov_Sherlar