Get Mystery Box with random crypto!

#Xotira 1999 yilning 22 dekabri. Hukumat majlislaridan birida | Islom Karimov

#Xotira

1999 yilning 22 dekabri. Hukumat majlislaridan birida 90 yoshga yaqinlashgan otaxon otashin nutq so‘zladi.

“Men 63 yil o‘qituvchilik qildim, oradan 45 yil o‘tib, o‘quvchilarim, ya'ni sizning sinfdoshlaringizning umumiy tushgan suratini taqdim etaman”.

U shunday deb O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga o‘zi bilan olib kelgan fotojamlanmani taqdim etdi. Butun zalni qarsak, olqish ovozi tutdi.
Bu Islom Karimovni o‘qitgan, unga harf tanitgan, ilm yo‘lida qo‘lini tutgan ustozi edi...

@IslomKarimov