Get Mystery Box with random crypto!

“Prezident Kubogi” Sportni rivojlantirishga shaxsan Birinchi | Islom Karimov

“Prezident Kubogi”

Sportni rivojlantirishga shaxsan Birinchi Prezidentimizning e'tibor qaratishi o‘zbek zaminiga dunyo tanigan sportchilarning tashrifiga sababchi bo‘ldi. Mamlakatimiz poytaxtida 1994 yilning 30 may kuni tennis bo‘yicha “Prezident Kubogi”ning tashkil etilishi ana shu ishlarga debocha bo‘ldi.

Jahonning eng kuchli erkak tennischilarini azim Toshkentga jamlagan “Prezident Kubogi” musobaqalari tantanali tarzda o‘tkazildi. Turnirning ilk sovrinini amerikalik Chak Adams qo‘lga kiritgan bo‘lsa, marokashlik Karim Alami, ispaniyalik Feliks Mantil'ya, buyuk britaniyalik Tim Xenman, rossiyalik Marat Safin, Yevgeniy Kafel'nikovlarga ham yurtboshimiz qo‘lidan bosh mukofotni qabul qilib olish nasib etdi. Ta'bir joiz bo‘lsa, bu O‘zbekistonni sport mamlakati sifatida dunyoga tanitdi.

“Bugungi kunda jahonga qurollanish va vayronagarchilik sohasidagi bellashuvlar kerak emas. Insoniyatga barqarorlik va tinchlik kerak. Sport esa, tinchlikning elchisi hisoblanadi”— Islom Karimov

@IslomKarimov