Get Mystery Box with random crypto!

​​Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi | Islom Karimov

​​Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi

1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan. Joriy yilning 20 iyun' sanasida ushbu tarixiy hujjat qabul qilinganiga 32 yil to‘ladi.

Bu hujjatning tarixiy ahamiyati eng avvalo, mamlakatimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash, fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar bilan izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida mamlakatimiz hududida asrlar davomida shakllangan davlatchilik, fan-ta'lim va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tajriba va an'analari o‘z aksini topgan.

Mazkur hujjatning murakkab sharoitlarda qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish sari tashlangan qat'iy va muhim qadami bo‘ldi.
Shu ma'noda, Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat hayoti hamda O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy hujjatdir.

@IslomKarimov