Get Mystery Box with random crypto!

Fotogalereya: Majmuaga sayohat Mamlakatimizda O‘zbekiston Res | Islom Karimov

Fotogalereya: Majmuaga sayohat

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Samarqand shahrida 2018 yil 30 yanvar' kuni Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida dafn etilgan.

Maqbarani loyihalash va qurish jarayonida yangi obida me'moriy yechimi Hazrati Xizr masjidiga uyg‘un bo‘lishiga, shu bilan birga, YuNESKO butunjahon meros ob'ekti tarixiy ko‘rinishini saqlab qolishga alohida e'tibor qaratildi.

@IslomKarimov