Get Mystery Box with random crypto!

PAYĞAMBARIMIZ MUHAMMAD ROSULULLOH SOLLOLLOHU ALAYHI VASSALLAM | 𝐀 𝐑 𝐀 𝐁 𝐈 𝐘 𝐀 𝐍 𝐊 𝐀 | 🇸🇦

PAYĞAMBARIMIZ MUHAMMAD ROSULULLOH SOLLOLLOHU ALAYHI VASSALLAM kabi Xulq sohibi bòling

1. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yolg‘on so‘zlamasdilar, ko‘zbo‘yamachilik qilmasdilar va aldamasdilar.

2. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlarni g‘iybat qilmasdilar va ularning obro‘larini to‘kmasdilar.

3. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam tungi tahajjudni o‘qiyman deb oyoqlari shishib ketar edi.

4. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam bag‘ritosh va qo‘pol bo‘lmaganlar.

5. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam kattaga hurmat va kichikka izzatda edilar.

6. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qo‘shnilariga ozor bermasdilar.

7. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning qalblarida zarra miqdoricha takabburlik va kekkayish yo‘q edi.

8. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yomonlik qilgan kishini kechirib, u bilan qasdlashmasdilar.

9. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qadarning yaxshi va yomoniga iymon keltirib, shikoyat qilmasdilar.

10. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlar orasini haq bilan va yaxshi so‘z orqali isloh qilardilar.

10. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam rostgo‘y va ishonchli edilar.

Siz ham Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning xulqlari bilan xulqlanib, u zot kabi xulq egasi bo‘lishga harakat qiling


@arabyanka_tv