Get Mystery Box with random crypto!

Rasululloh Sizni sog’inib ketdim. Qalblar gunohlardan qoraymi | Islomiy mp3

Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Qalblar gunohlardan qoraymish bugun,
Iymondan nur chiqmas solingan tugun.
Taqvo to’nlarimiz yamoqli yupun,
Shaytonni qalbimdan qilolmay quvg’un
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Ravzangiz ko’ray deb ko’zlarim tindi,
Bu hijron dastidan sabrlar so’ndi.
Roziman taqdirga tilarim ko’ndi,
Qalb qurg’ur tinmasdan qumsaydi Sizni.
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Qoshimda mehri bir buloq onam bor,
Boshimda nur sochar chiroq otam bor.
Misoli Sultonday bilsa hamki yor,
Kemtik bor yurakda mehringizga zor.
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Sayyidim qalblarim tutunsiz yonar,
Yozar dardlarini xunoblar yutar.
Siz uchun bu osiy maktubin bitar,
Javobin tushimda olsam ham yetar.
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Tushimda shaytonlar ko’raman qancha,
Bilganu bilmagan kiradir necha.
Sayyidim nechun Siz kirmaysiz nega,
Sog’indim habibim ne qilay yana.
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Bu dunyo zarlari aldatib qo’ydi,
Oxirat koridan chalg’itib qo’ydi.
Ummatlik safidan chiqmasam mayli,
Har nedan qidirib topolmay Sizni.
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Muattar hidingiz bo’ylayolmasdan,
Muborak qo’llardan bir bor tutmasdan.
Nur yog’ar yuzingiz hech ko’rolmasdan,
To’lg’onib to’lg’onib chora topmasdan.
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.

Bo’lsin otam fido Sizga onam ham,
Sizdan aziz ermas tanda jonim ham.
Mendan baxtli erur hatto qasvo ham,
Sog’inchdan qalb yonar ko’zlarimda nam.
Rasululloh Sizni sog’inib ketdim.
#Rasulim
t.me/islomiymp3