Get Mystery Box with random crypto!

Allohim.. Men bilan Seni yo'lingda do'st tutinganlarni.. Xatol | Islomiy.kanal_

Allohim..
Men bilan Seni yo'lingda do'st tutinganlarni..
Xatolarimni fazilatlari bilan satrlagan, dardlarimga malham bo'lgan, o‘zi sevgan narsalarini men uchun yurakdan ravo ko'rgan birodarlarimni, O'z rahmating bilan o'rab ol..
Barchasini oldingi va keyingi gunohlarini kechir..
O'zingga mahbub bo'lgan amallarni qilishga ilhomlantirgin..
Ya Robbi..
Seni roziliging uchun bir-birimizni sevdik, birodar bo'ldik...
Allohim, qiyomat kuni “Qani mening roziligim va jamolim uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar”, deganingda “Labbay Allohim" deya bandalaring ichidan sharaf bilan otilib chiqib, Muhabbatimiz sababli Sening soyangdan boshqa soya yo‘q bo‘lgan kunda, birgalikda Sening soyangda najot topmog'imizni nasib et...

Allahumma amiiyn.

@islomiy_videolar777 |