Get Mystery Box with random crypto!

Islomiy Statuslar

Telegram kanalining logotibi islomiy_statuslar_salixem_oltin — Islomiy Statuslar I
Telegram kanalining logotibi islomiy_statuslar_salixem_oltin — Islomiy Statuslar
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50
Kanalning ta’rifi

• 𝑴𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒌𝒊𝒄𝒉𝒊𝒌 𝒅𝒖𝒏𝒚𝒐𝒚𝒊𝒎🐣💘
• بعض المواقف الصعبة تشفى بالصمت🔇ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
• 𝐁𝐚'𝐳𝐢 𝐪𝐢𝐲𝐢𝐧 𝐯𝐚𝐳𝐢𝐲𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫 𝐣𝐢𝐦𝐥𝐢𝐤 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐝𝐚𝐯𝐨 𝐭𝐨𝐩𝐚𝐝𝐢✨
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ @islomiy_statuslar_salixem_oltin🪐
Rek: @islomiy_rek

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-06-19 13:29:01 OQIBATSIZ JIGARDAN KO‘RA...

(Hayotiy hikoya)

Uning boshiga ish tushdi. Xotini og‘ir dardga chalinib, katta qarzga botdi. Lekin dard shu bilan chekinmadi. Oldinda yana kimyo muolajalari turardi. Olayotgan maoshi ro‘zg‘orni tebratishga zo‘rg‘a yetadi, bu yoqda dori-darmon deganday...
Hayotda shunday vaziyatlar bo‘lar ekanki, nima qilishingni, qay devorga boshingni urishingni bilmas ekansan. Go‘yoki butun dunyo sendan yuz o‘girganday...
U xotinining ertaga bo‘ladigan muolajasiga qayerdan pul topishni o‘ylayverib, boshi og‘rib ketdi... Nima qilsin, kimdan yana qarz so‘rasin? Avvalgi qarzdorlar eshigiga qarzni so‘rab kela boshlashdi. Bu yerda esa... U ilojsizlikdan “dod” deb baqirgisi kelardi-yu, yanayam o‘zini tutib turardi. O‘ylab-o‘ylab oxiri badavlat qarindoshi – amakisining o‘g‘lidan yordam so‘rashga ahd qildi.
Amakivachchasi hammaga yordam beradi, lekin uning bir yomon odati bor edi. Pul berishdan avval qarz oluvchini obdon yerga uradi, dunyodagi eng haqoratli so‘zlar bilan kamsitadi, mazax qilib kuladi, xullas ustidan mag‘zavani ag‘darib, loylarga botirib, hammaga ovoza qilib, keyin pul beradi. Lekin u hozirda noiloj edi...
U yo‘lda ketayotib yonidan o‘tib ketgan mashinaning to‘xtab, orqaga yurayotganini ko‘rdi. “Judayam haybatli mashina-da Land kruzer”. Shu payt mashina oldida to‘xtadi va uning rulida akasi o‘tirgan ekan. Akasi uni uyiga olib ketdi, yo‘l-yo‘lakay o‘zining yutuqlari haqida gapirib ketdi. Uch qavatli uylar bilan o‘ralgan katta hovlisida qurilishni tugatganini, “falon” pulga “Land kruzer” olganini, kelasi hafta oilasi bilan dam olgani 10 kunga chet el sayohatiga ketayotganini, ertaga novvos so‘yib, xudoyi qilayotganini maqtanib gapirib berdi. Shundan keyingina ukasidan hol-ahvol so‘radi.
Ukasi oilaviy sharoiti, ro‘zg‘orni zo‘rg‘a tebratayotgani, xotini og‘ir kasalligi, ertaga ertalabka kimyoviy muolaja uchun pul kerakligi, shuning uchun amakisining o‘g‘lidan pul so‘ragani ketayotganligi haqida gapirib berdi.
- E, uka, nima qilasan ulardan pul so‘rab? Ezvoradilarku ustingdan kulaverib... Bir gap bo‘lar, yur undan ko‘ra qurgan uylarimni tomosha qil, keyin ovqatlanamiz...
Shu kuni akasi uni kechgacha uyida olib o‘tirdi. Ukasi ham noilojlikdan pul ilinjida chidab o‘tirdi. Lekin xayrlashar chog‘i akasi pul haqida og‘iz ochmagach, sekin o‘zi so‘radi.
- Uka, hali aytdimku, kelasi hafta 10 kunga oilaviy chet elga dam olgani ketayotibmiz. O‘zi 10000 dollar nima bo‘ladi, hech narsaga yetmaydiku, deb kimdandir qarz olmoqchi bo‘lib turibman. Buning ustiga jiyaningga “o‘qishga kirsang “Malibu” olib beraman”, - deb lavz qilganman, u ham o‘qishga kirdi, endi va’dani bajarishim kerak. O‘zi bilasanku, sani judayam yaxshi ko‘raman, jiyanlarim ham zo‘r, kelinga gap yo‘q. Sandaka mehribon uka hech kimda yo‘q. Lekin o‘zimga ham yetmayapti, agar pulim bo‘lganida jonim bilan bergan bo‘lardim...
U akasining oldidan bo‘shashib chiqdi. Shuncha olib o‘tirib, kunni tun qilib, eng asosiysi yo‘ldan qoldirib, pul bermay jo‘natayapti... Axir ertaga ertalabga xotinining kimyo muolajalari uchun pul judayam zarurku. U shu o‘y-hayollar bilan kech bo‘lsa ham amakivachchasining uyi tomon yo‘l oldi...
“Mayli pul berishdan avval obdon yerga ursalar ham, dunyodagi eng haqoratli so‘zlar bilan kamsitsalar ham, mazax qilib kulsalar ham, xullas ustimdan mag‘zavani ag‘darib, loylarga botirib, hammaga ovoza qilsalar ham, baribir shundan keyin pul beradilarku. Oilam tuzalib ketsa bo‘ldi. Hammasiga chidayman. Akamga o‘xshab boyligi bilan maqtanib, pul bermagandan ko‘ra, yerga urib bo‘lsa ham pul bersa bo‘lgani...
U amakivachchasining uyiga yetib keldi va darvoza qo‘ng‘irog‘ining tugmasini bosdi... Darvozani amakivachchasining o‘zi ochdi. U yig‘lab yuborishdan zo‘rg‘a o‘zini tiyib, bor gapni aytdi-qo‘ydi. Eng qizig‘i, amakivachchasini bir og‘iz so‘z ham demadi. Indamay ichkariga kirib, keragidan ortiqcha pul olib chiqdi va “Qachon va qancha pul kerak bo‘lsa uyalmasdan kelaver, jiyan” deya pulni qo‘liga tutqazdi...

BEHZOD HOJIMATOV

@Islomiy_Statuslarii
11.9K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 10:29
Ochish/sharhlash
2022-06-19 12:59:01
Бир йигит 17 ёшида ўйланибди.

У 25га кирганда боласи 7 ёшга кирибди. Бир куни боласини мактабдан олиб қайтаётса йўлни нариги тарафида 3 та кетворган қиз келаётганмиш

Шунда...

Давоми
10.7K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 09:59
Ochish/sharhlash
2022-06-19 11:39:57
«Senga Qurʼonni baxtsiz boʻlishing uchun nozil qilganimiz yoʻq. Balki qoʻrqadigan kishilarga eslatma boʻlishi uchun, xolos. Yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zotdan nozil boʻlgandir» oyatlari qaysi surada?

@islomiy_statuslarii
Anonymous Quiz
22%
Raʼd surasi, 36–37-oyatlar
36%
Toha surasi, 2–4-oyatlar
24%
Anʼom surasi, 89–90-oyatlar
18%
Endi bilib olaman
2.0K voters12.2K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 08:39
Ochish/sharhlash
2022-06-19 10:44:01
Ўзбекистон ҳар доим ҳам финалга чиқавермайди-ку

Видеони максимал тарзда дўстларингизга тарқатинг

@Manoliso
11.1K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 07:44
Ochish/sharhlash
2022-06-19 10:29:01
Бир кампир магазинга кириб, сотувчи қиздан сўрабди:
— Қизим, сизларда музлатилган товуқ борми?
Қиз музлатгичга караса, битта товуқ бор экан:
— Ҳа, бор. Сизга нечта керак?
— Биттасини тортгинчи?
— Мана, 1.5 кило...
— Оғирроғидан борми?, - дебди кампир.
Қиз бояги товуқни билдирмай айлантирибди-ю, яна тортибди:
— Буниси 2 кило. Бўладими?
— шунда кампир


Давомни Ўқиш...
12.1K viewsMirabbos, 07:29
Ochish/sharhlash
2022-06-19 07:59:01
Birovlarning qulashidan xursand bo‘ladigan kimsa aslo yuqoriga ko‘tarila olmaydi!

Bir hakim zot aytdilar:
O‘ziga ishongan kishi yolg‘on gapirmaydi. O‘zini aziz deb bilgan kishi xiyonat qilmaydi.

O‘zingda yo‘q bo‘lgan narsani emas, o‘zingda bor narsani fikrla! Zero, senda bor narsa Allohning marhamati, senda yo‘q narsa Allohning esa hikmatidir.

Xato yo‘lda kiyikdek uchqur bo‘lganingdan ko‘ra to‘g‘ri yo‘lda toshbaqadek sekin yurganing afzal.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Saharlikning barchasi barakadir. Bir qultum suv ichib bo‘lsa ham saharlik qilinglar. Zero, saharlik qiluvchilarga Alloh azza va jalla va U Zotning farishtalari salavot aytishadi».

@Islomiy_Statuslarii
13.7K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 04:59
Ochish/sharhlash
2022-06-19 07:29:01
Shaxsiyat testi

Suratda ilk bor nimani ko'rdingiz ? Sizning javobingiz ruhan sizga yetishmayotgan unsurlar haqida aytib beradi
12.6K views𝐒𝐡𝐚𝐲𝐝𝐨𝐢 𝐉𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭, 04:29
Ochish/sharhlash
2022-06-19 03:00:43
ASSALOMU ALAYKUM VA ROXMATULLOHI VA BAROKATUH

Robbimning marhamati ila berilgan yana bir yangi tong, yangi kun barchamizga muborak, xayrli bo‘lsin!
• Iloxim har biringizning
• ko‘nglingiz XOTIRJAMLIKni,
• Yuzingiz TABASSUMni,
• Xonadoningiz BARAKAni,
• Hamyoningiz DAROMADni,
• Qalbingiz IYMONni,
• Taningiz SALOMATLIKni,
• Yuragingiz MEHRni yo‘qotmasin!

Kuningiz ezgu amallar ila mazmunli va fayzli o‘tsin!

XAYRLI TONG!


YAQINLARINGIZGA XAM ULASHING!
https://t.me/+oFvBZCancho0MzIy
https://t.me/+oFvBZCancho0MzIy
2.6K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 00:00
Ochish/sharhlash
2022-06-18 17:29:52
#videoli_status

Yaxshiyamki namoz bor. Yo'qsa bu dardli boshimizni qayerga qo'yardik..

♲︎︎︎ 𝑫𝒐'𝒔𝒕𝒍𝒂𝒓𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒕𝒂𝒓𝒒𝒂𝒕𝒊𝒏𝒈

@Islomiy_Statuslar
10.4K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 14:29
Ochish/sharhlash
2022-06-18 17:29:31
Double Shlang 2x

Мойкага кўп пулингиз кетмоқдами
Энди пулларингизни тежашни имкони бор
Эз Жет сув пуркагичи билан бунинг иложи бор
Ҳовлига сув сепиш, ойналарни ювиш ва албатта машинани тозалашда ишлатиш мумкин
Эз Жет пуркагич билан Cар Wашга берадиган пулингизни тежаб қолинг

Қулайли томонлари:
Енгил;
Иш вақти 3 бараваргача чўзилади;
Йигилган ҳолатда коп жой олмайди;
Буралиб қолмайди;


Маҳсулот ҳусусиятлари:
Узунлиги: 15м
Материал: АБС-пластик;
Ранглари: кўк ва яшил;
Огирлиги: 410гр;
Сув сепиш тури: 7 хил;
Нормал босим: 2 дан 16 атм;

Эски нарх: 250 000
Янги нарх: 149 000

БУЮРТМА БЕРИШ
@sotuvchi_adminn
https://100k.uz/oqim/117833
https://100k.uz/oqim/117833

Доставка бепул
Тўловни махсулот қўлингизга текканда амалга оширасиз!
9.5K views𝓖𝓸𝓵𝓭 𝓪𝓭𝓶𝓲𝓷, 14:29
Ochish/sharhlash