Get Mystery Box with random crypto!

Hey? Tur! Uxlama! Nega? Chunki haqqing yo‘q. Bugun uxlashga | ISLOMIY | STATUSLAR 🕌

Hey?
Tur!
Uxlama!
Nega?
Chunki haqqing yo‘q.
Bugun uxlashga ham, ertaga uxlashga ham, kelasi hafta yo kelayotgan oyda ham, bu yil va keyingi yili ham!
Umuman, o‘zi uxlashga arzigulik nima qilding? Qilar ishing kuningni g‘aflatda o‘tkazish-ku!
Qo‘ysangchi! Menga bahona to‘qima. Meni aldashing-ku, mayli, hech narsa emasdir. Ammo o‘zingni aldab nima qilasan?
Odamning kulgusini qistatadigan natijalaring bilan maqtanma! Nima, sendan zo‘rroqlar yo‘qmi? Bor? Ha, baraka top! Ho‘sh, seningcha nega ular sendan ko‘proq muvaffaqiyatga erishdi? Nega bugun ular sendan oldinda?
Menga javoblaring kerakmas! O‘zing uchun bilsang bas! Bilasanmi? Juda soz! Muammo sababini qanchalik yaxshi bilsang, unga yechim topishing ham shunchalik oson bo‘ladi!
Sening muammolaring sanasa tugamaydi! Unday bo‘lsa, bunday qilardim, deb homtama bo‘lib hayotdan nimadir kutib yashama! Undayni bo‘ldir! Bundayni qil!
Ho‘sh, uxlashga ko‘zing qiyadimi? Vaqting bo‘ladimi? Fursat topasanmi?
Unchalik, sen o‘ylaganchalik xudbin emasman. Mayli, tin ol. Mudra. Mizg‘ib ol. Ammo uxlama! Uxlama, baraka topgur! Qabrda to‘yib uxlashing uchun yetarli vaqting bo‘ladi! Ungacha esa nimadirga erish! Senga berilgan imkonlardan foydalan, ishonchni oqla!
Qisqa qilib aytsam, uyquga arziydigan, pichoqqa ilinadigan biror narsa qil! Keyin majburlasa ham uxlashni xohlamay qolasan. Mana men kafil! Hali ko‘rasan. Faqat hozir ko‘zing ilinmasin. Uyg‘on!